O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Yo'lovchilar diqqatiga!

18.05.2020 314

Xabaringiz bor, karantin davrida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan mahalliy yo'nalishlarda avia- va temir yo'l qatnovlarini yo'lga qo'yishning Vaqtinchalik tartibi tasdiqladi. 

Karantin sharoitida aholining iqtisodiy holatini e'tiborga olib, shuningdek, harakatlanish vaqtida yo'lovchilarning ijtimoiy masofa saqlashiga sharoit mavjudligini nazarda tutib, qolaversa, fuqarolarning hududlararo harakatlanishida ortiqcha noqulayliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ushbu talab bekor qilindi. 

Endilikda yuqorida ko'rsatilgan reyslar bo'yicha harakatlanayotgan yo'lovchilardan  koronavirus infektsiyasiga test tahlillari olinganligi haqidagi ma'lumotnoma talab etilmaydi.  

Shu bilan birga, avia va temir yo'l qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yo'lovchilar sonini kamaytirish, dezinfektsiya qilish va boshqa sanitariya talablari so'zsiz bajarilishi talab etiladi.

Eslatib o'tamiz, hozirgi vaqtda temir yo'l chiptalarini oldindan sotib olish muddati, shu jumladan elektron chiptalar ham, 60 kunni tashkil etadi. 

Axborot-tahliliy media markazi