O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Yo'lovchilarni tashishga oid vaqtinchalik tartibi va reyslar to'g'risida

15.05.2020 1146

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Karantin davrida mahalliy yo'nalishlarda temir yo'l qatnovlarini yo'lga qo'yishning Vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi va unga ko'ra joriy yil 18 may kunidan boshlab, karantin davrida mahalliy yo'nalishlarda avia- va temir yo'l qatnovlarini amalga oshirish boshlanadi. Mazkur tartibga binoan, temir yo'llarda Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poezdi hamda Farg'ona vodiysiga temir yo'l qatnovi (borish va qaytish) qayta yo'lga qo'yiladi.

Shu bilan birga temir yo'l qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yo'lovchilar sonini kamaytirish, dezinfektsiya qilish va boshqa sanitariya talablari so'zsiz bajarilishi talab etiladi. Shuningdek, poezdlarga chiqayotgan yo'lovchilar uchun muhim shartlaridan biri – Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi markazi tomonidan koronavirus infektsiyasiga test tahlillari olinganiga 120 soatdan ko'p bo'lmagan va tahlil natijasi “manfiy” ekanligi haqidagi ma'lumotnomaga ega bo'lishlari kerak. Temir yo'l vokzallari hududiga hamda temir yo'l transportiga kirganda, barcha yo'lovchilar bir martalik tibbiy himoya niqoblari va qo'lqoplarda bo'lishlari, temir yo'l vokzallarida ijtimoiy masofani saqlashlari hamda yo'naltiruvchi maxsus tasmalar bo'ylab harakatlanishlari shart. Yo'lovchilar poezd vagonlariga ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtiriladi.

Poyezdlarga elektron chiptalar onlayn tarzda sotiladi. Elektron chipta olish imkoniyati bo'lmagan yo'lovchilar, o'rnatilgan tartibda dezinfektsiya ishlari amalga oshirilgandan temir yo'l vokzal kassalaridan chipta rasmiylashtirishlari mumkin. Chipta olgan yo'lovchilar tomonidan yo'lovchilar so'rovnomasi (marshrut varag'i) to'ldiriladi.

 

2020 yil 18 may kuni soat 07:00 dan Toshkent – Navoiy – Buxoro yo'nalishida №762-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezd  "Toshkent-Markaziy" temir yo'l vokzalidan jo'nab, o'sha kuni soat 16:28 dan Buxoro – Navoiy – Toshkent yo'nalishida №761-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezd Toshkentga qaytadi.

2020 yil 18 may kuni soat 08:00 dan Toshkent – Qarshi yo'nalishida №760-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezd "Toshkent-Markaziy" temir yo'l vokzalidan jo'nab jo'naydi va o'sha kuni soat 17:58 dan Qarshi – Toshkent yo'nalishida №759-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezd Toshkentga qaytadi.

2020 yil 18 may kuni soat 08:05 dan "Toshkent-Janubiy" vokzalidan Toshkent – Andijon yo'nalishida №60-sonli poyezd jo'naydi va o'sha kuni soat 15:33 dan Andijon – Toshkent yo'nalishida №59-sonli tezyurar yo'lovchi poezd Toshkentga kirib keladi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ