O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Karantin sharoitida temir yo'l soxasidagi yirik ishlab chiqarish korxonalar faoliyati xususida

06.05.2020 478

Bugungi kunda dunyoni qamrab olgan COVID-19 turdagi koronavirus pandemiyasi davrida, ko'plab zavod, sex va korxonalar faoliyati vaqtincha to'xtab turgan bir paytda, yurtimizdagi strategik ahamiyatga ega bulgan ishlab chiqarish korxonalarda ishchi-xodimlar xavfsizligi ta'minlangan holda ish qizg'in davom etmoqda. “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi qator ishlab chiqarish korxonalari ham shular jumlasidandir.

Shunday murakkab davrda yurtimiza eksport hajmini saqlab qolish bo'yicha uzluksiz ish olib borilmoqda. Ma'lumki, “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan yuklarni eksport-import qilish ishlari yo'lga qo'yilgan bo'lib, bu boradagi ishlar jadal rivojlanib bormoqda.

“O'zbekiston temir yo'llari” AJga qarashli vagon depolari va zavodlarida nafakat halq xo'jaligimizning yuk vagonlariga bo'lgan talabi to'liq qondirilib, ya'ni yuk tashish uchun mo'ljallangan barcha turdagi vagonlarni ishlab chiqarish va ta'mirlash ishlarning turli shakllari yo'lga qo'yilgan bo'lib, balki xorijiy davlatlardan ushbu yo'nalishda qator buyurtmalarni xam qabul qilib, eksport xizmatlarini rivojlantirish uchun samarali hamkorlik amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “O'zvagonta'mir” korxonasi 2020 yil uchun Qozog'iston Respublikasi korxonalari bilan 372 ming 200 AQSh dollarli eksport shartnomasi imzolandi. Shuningdek, Toshkentdagi Quyuv mexanika zavodi 2020 yil uchun Qozog'iston hamda Rossiya kabi xorijiy davlat kompaniyalari bilan 5,4 mln AQSh dollardan ko'proq qiymatga shartnomalar imzolangan.


Ma'lumki, bugungi kunda “Quyuv mexanika zavodi” sho'ba korxonasida yopiq vagon, yarim vagon, sement va mineral o'g'itlarni tashish uchun xopper-vagonlarni qurish o'zlashtirilgan bo'lsa, ayni vaqtda katta tonnali konteynerlar tashishga mo'ljallangan maxsus platformalarni qurish jarayoni ham o'zlashtirib olingan. Bundan tashqari mazkur korxonada barcha turdagi vagonlarni ta'mirlash ishlari ham yo'lga qo'yilgan.

Andijon mexanika zavodining faoliyati ham jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Bu yerda 2018 yilda Qozog'iston Respublikasi korxonasi bilan vagon sisternalarni kapital ta'mirlash uchun 559 ming 250 AQSh dollari qiymatida eksport shartnomasi imzolangan bo'lib bugungi kunda ushbu yo'nalishda hamkorlikni muvaffaqiyatli olib bormoqda. Qozog'iston Respublikasining boshqa bir korxonasi bilan ham 1 044 320 AQSh dollarli eksport shartnomasi imzolanishi kutilmokda. Bu borada so'nggi kelishuvlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, Pokiston Islom Respublikasi va Qirg'iziston Respublikasi bilan yangi yarim vagon eksporti bo'yicha muzokaralar ketmokda. Turkmaniston temiryul trasnport vazirligi bilan ham yuk vagonlarni kapital ta'mirlash borasida ham ikki tomondama uchrashuv va muhokamalar amalga oshirilmoqda.

“Yo’lRefTrans” aktsiyadorlik jamiyati 2020 yilda eksport xizmatlarini rivojlantirish maqsadida Qozog'iston Respublikasi bilan 400 ta vagonlarni ta'mirlash uchun shartnoma imzolangan. Bundan tashqari, o'zining sovutgichli (refrijerator) vagonlari bilan mashxur bo'lgan ushbu korxona Rossiya Federatsiyasi korxonalari bilan ham eksport shartnomalar imzolanishi kutilayapti.

Ta'kidlash lozim, bugungi kun sharoitidan kelib chiqib, “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tasarrufidagi barcha vagon depolari va zavodlarda barcha sanitar-epidemiologik talablariga qat'iy rioya etilmoqda. Barcha korxona xududlarida tegishli dezinfektsiya ishlari bajarilmoqda, ishchi-xodimlar tibbiy niqob, antesiptik vositalari bilan ta'minlanmoqda va muntazam ravishda tibbiyot xodimlari tomonidan tana harorati o'lchanmoqda. Ish vaqti esa vaxta usulida (15 kunlik ish rejimida) tashkil etilgan bo'lib, ishchi-xodimlar uchun maxsus turar joylar tashkil qilindi va ularning barchasi xar kuni uch maxal issiq ovqat bilan ta'minlanmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi