O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Karantinda o’tash muddati tugagan vatandoshlar poyezdda o’z uylariga etib bormoqda

04.05.2020 307

Mamlakatimiz hukumati O'zbekistonda COVID-19 koronavirusning tarqalishiga yo'l qo'ymaslik uchun barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Respublikamiz ichki va xalqaro yo’nalishlardagi temir yo'l qatnovlarini vaqtincha to'xtatish ham zarur chora-tadbirlardan biri.

Biroq, temir yo’llarda  mahalliy yo'lovchilarni tashuvchi – "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ o’z faoliyatini bir kunga ham to'xtatgani yo’q. Ma'lumki, O'zbekistonga koronavirus infektsiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida chet eldan qaytib kelgan fuqarolar mamlakatimizning qator viloyatlaridagi turli tibbiyot muassasalarida karantin ostiga olingan. Vatandoshlarimizning karantinda o’tash  muddati tugaganidan so'ng, maxsus tashkil etilgan poyezdlarda yashash joylari (viloyat, shaharlar)ga olib borilmoqda. Qat’iy dezinfektsiya qilingan yolovchi vagonlarda aholini yurtimizning turli  hududlariga har kuni eltib borilmoqda. Bugungi kunga qadar jami 16 mingdan ortiq kishi maxsus poyezdlarda tashildi. Bugun, 04.05.2020 yana qariyib 500 kishi o’z manzillariga etkazib borish rejalashtirilgan.


Аxborot-tahliliy media markazi