O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Ikki ming nafarga yaqin temiryo'lchilar beg'araz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlandi

28.04.2020 365

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi sabab karantin joriy etilganiga ham bir oydan oshdi. O'tgan vaqt davomida hukumatimiz tomonidan ushbu kasallikka chalinganlarni zudlik bilan davolashga katta e'tibor qaratilayotgani barobarida uyda qolayotgan pensionerlar, boquvchisini yo'qotganlar, turli gurux nogironlari va kam ta'minlangan oilalarni moddiy, ma'naviy qo'llab-quvvatlash maqsadida ularga beg'araz oziq-ovqat mahsulotlari berilib, g'amxo'rlik ko'rsatilmoqdaki, bu xalqimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda davlatimiz fuqarolar hayotiga, ularning turmush sharoitiga befarq emasligini amalda yana bir bor isbotlamoqda.

Ushbu sinovli kunlarda “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati rahbar va mutaxassislari tomonidan izchillik bilan amalga oshirilayotgan vazifalar, ayniqsa, yuk tashish sohasining barqaror faoliyat ko'rsatayotgani mamlakatimiz iqtisodiyoti, tadbirkorlar rivoji va xalqimiz turmush tarzini yaxshilanishiga munosib xizmat qilayotgani e'tiborga loyiq. Jamiyat rahbariyati tomonidan respublikamizning barcha hududlaridagi temir yo'l transporti tizimi korxonalarida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan matonatli kasb egalarini ushbu vabodan asrash uchun keng ko'lamli ishlar bajarilmoqda. Sohaning har bir korxonalarida, stantsiya va boshqarmalarda sanitariya va dezinfektsiya ishlariga jiddiy ahamiyat qaratilgan. 

Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida nafaqadagi temiryo'lchilar hamda sohada faoliyat ko'rsatayotgan extiyojmand kasb egalari, turli guruxdagi nogironlarni ijtimoiy, moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashga ham katta ahamiyat qaratilmoqda.
 
Xususan, “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi X.Xasilovning “Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi joriy etilgan tartib davrida pensionerlarga moddiy yordam ko'rsatish to'g'risida”gi buyrug'iga asosan respublikamizning barcha hududlaridagi temir yo'l transporti tizimida uzoq yillar mehnat faoliyatini olib borgan va hozirda ijtimoiy himoyaga hamda o'zgalar parvarishiga muhtoj pensionerlar, nogironlar, boquvchisini yo'qotgan va extiyojmand kasb egalari uchun zarur bo'lgan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari beg'araz yetkazib berildi.

– Mamlakatimiz temiryo'lchilarini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini,  ayniqsa, sohada uzoq yillar faoliyat ko'rsatib pensiyaga chiqqan kasb egalarini moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlash “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati hamda O'zbekiston temiryo'lchilari va  transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rahbariyatining doimiy e'tiborida, – deydi Jamiyat boshqaruvi Kasaba uyushmasi qo'mita raisi Shaxlo Umarova. – Ayniqsa, davlatimiz, xalqimiz boshiga tushgan bu sinovli, murakkkab sharoitda boquvchisini yo'qotgan va extiyojmand hamda turli sabablarga ko'ra nogiron bo'lib qolgan temiryo'lchilarga yordam qo'lini cho'zish, ularga g'amxo'rlik qilish insoniylikning oliy qadriyatidir. Shu maqsadda  mutaxassislarimiz bilan birga Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardagi barcha temir yo'l korxonalarida uzoq yillar faoliyat ko'rsatib, pensiyaga chiqqan hamda ayni paytda sohada mehnat qilayotgan boquvchisini yo'qotgan va extiyojmand hamda nogironligi mavjud bo'lgan temiryo'lchilar oilasi aniqlandi va ularning xonadoniga borib, sanitariya, gigiena qoidalariga qat'iy amal qilgan holda oziq-ovqat to'plamlari tarqatildi, xolidan habar olindi. Ushbu g'amxo'rlik tadbiri davomida ikki ming nafarga yaqin extiyojmand oilalarga oziq-ovqat to'plamlari berilib, shulardan 605 nafari Toshkent shahrida istiqomat qilayotganlar xissasiga to'g'ri keladi.

Bu saxovatli tashabbus Ramazon oyi munosabati hamda 9 may – Xotira va qadrlash kuni yaqinlashayotgan damlarda amalga oshirilib, pensionerlarga, imkoniyati cheklanganlarga, boquvchisini yo'qotgan va extiyojmand temiryo'lchilarga o'tayotgan sinovli kunlarda g'amxo'rlik ko'rsatilgani yanada ahamiyatlidir. Shubxasiz bu holat ularni Vatanga shukronalik, kasbiga fidoyilik, kelajakka umid va ishonch bilan yashashni yanada oshishiga sabab bo'lsa ajab emas.

Axborot-tahliliy media markazi