O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Brifing: Bugungi kunda temir yo'l tizimi oldida turgan muhim va dolzarb masalalar

26.04.2020 502

Bugun Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan shtabida “O'zbekiston temir yo'llari” AJ Bosh boshqarmasining boshlig'i U.N.Ibragimov ishtirokida brifing bo'lib o'tdi. Unda yurtimizda bugungi karantin sharoitida temir yo'llari tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan yuk tashuvlarni amalga oshirish borasida atroflicha ma'lumotlar berib o'tildi. Shuningdek, tadbirkor va dehqon-fermerlardan kelib tushayotgan dolzarb savollarga javob berildi.

Ma'lumki, bugungi kunda dunyoda avj olgan pandemiya sababli vujudga kelayotgan sharoitida davlatlarning iqtisodiy barqarorligini saqlash, aholi bandligini va daromadini ta'minlash muhim masalalardan biriga aylanmoqda. Shuni qayd etish lozimki, vujudga kelgan mazkur holatni yumshatishda qishloq xo'jaligi sohasining keng imkoniyatlaridan foydalanish muhim o'rin egallaydi.  

U.Ibragimov o'z o'rnida, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tomonidan yuk tashish sohasidagi faoliyatini takomillashtirishda davom etmoqda hamda kichik va o'rta biznes, xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash, qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirilayotgani alohida ta'kidladi. Shu o'rinda, tadbirkorlar tomonidan rasmiy sayt, "Telegram" messenjeri va "Facebook"dagi rasmiy sahifaga yuborilayotgan murojaat va takliflari ham inobatga olinishiga to'xtab o'tildi. 

O'tgan safargi brifingda ma'lum qilinganidek, hozirgi kunda, yurtimizda davom etayotgan karantin sharoitida, “O'zbekiston temir yo'llar” AJ tasarrufidagi “Yo'lreftrans” korxonasi referijeratorli, ya'ni sovutgichli vagonlarda, fermer va tadbirkorlarning eksport qilinayotgan qishloq-xo'jalik mahsulotlarini sifatli va beziyon o'z manziliga yetib borishiga salmoqli hissa qo'shmoqda. Jumladan, eksport mahsulotlariga temir yo'l xujjatlarini rasmiylashtirish jarayonini kompaniyamiz mutaxasislari tomonidan onlayn tarzda joriy etilishi ishlab chiqilmoqda va sinov rejimida rasmiy veb-saytimizda mazkur axborot tizimi bilan batafsil tanishish imkoniyati yaratildi. O'tgan davrda, ya'ni, karantin sharoiti e'lon qilinganidan hozirgi kungacha refrijeratorli vagonlarda sabzavot mahsulotlarining eksporti Toshkent va Surxandaryo viloyatlari, hamda Farg'ona vodiysidan boshqa davlatlarga amalga oshirilib kelmoqda. Shuni alohida qayd etish lozimki, refrijeratorli vagonlarda yuklarni tashish sanitariya normalariga rioya etgan va belgilangan harorat me'yorlarini muntazam nazorat qilgan holda, hamda safar davomida mahsulotlarni saqlash sifati bir maromida ta'miinlanadi. Shu bilan birga, yuklarning tannarxi oshib ketmasligini va yuqori raqobatbardoshligini ta'minlaydi.

Pandemiya vaqtida aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan quyidagi zarur import mahsulotlari tashuvi amalga oshirildi. 2020 yil hisobida 800 ming tonna un-don mahsulotlari, 150 ming tonna kartoshka, 130 ming tonna shakar, 100 ming tonna o'simlik yog'i, 10 ming tonna sitrus mevalari va 500 ming tonna boshqa turdagi oziq ovqatlar yurtimizga import qilindi.  

Bundan tashqari “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tadbirkorlarga vagonlarni tushirish va yuklarni saqlash uchun logistik markazlaridan ochiq va yopiq omborxonalar bilan bog'lanishda, xamda vagonlarni joylarda tushirishda yuk qabul qiluvchilarga temir yo'l tomonidan ishchi kuchi va kerakli texnika-mexanizmlari bilan amaliy yordam bermoqda.

Ma'lumki boshqa davlatlarga qarashli yuk vagonlari “O'zbekiston temir yo'llari” hududiga kirib kelgan kunidan boshlab, ularning bo'shatilganidan so'ng chiqib ketguniga qadar vagonlardan foydalanganligi uchun, vagonni turiga qarab, ma'lum miqdorda to'lovlarni vagonlarga egalik qiluvchi xorijiy tashkilotlarga chet el valyutasida to'lovlar amalga oshirilishiga qaramasdan, Respublikamizga koronovirus infektsiyasi kirib kelishini va tarqalishini oldini olish maqsadida e'lon qilingan karantin tufayli, yukni qabul qiluvchi (importyor) tadbirkorlarga va ishlab chiqaruvchilarga vagonlarni tushirish ishlari bo'yicha qiyinchiliklar yuzaga kelganligini, hamda ulardan kelib tushayotgan murojaatlarni hisobga olgan xolda, “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati quyidagi qo'shimcha imkniyat va qulayliklarni joriy qildi:

- Birinchidan, Respublikamizga karantin e'lon qilingan kundan boshlab vagonlar bushatish uchun imtiyozli vaqt belgilab berildi.

- Ikkinchidan, kirib kelayotgan import vagonlarini Toshkent shahri va Toshkent viloyati stantsiyalarida to'planib qolganligi sababli, ularning manzilini o'zgartirib (ya'ni pereadresovka), tushirishga qulay bo'lgan joylarga olib borishga belgilangan yo'l xaqinining imtiyozli narxlari ishlab chiqildi. Bu esa o'z navbatida, avtomobil transporti orqali tashish xizmatidan arzonroq narxga aylanmoqda.

Yaratilayotgan qo'shimcha qulayliklardan yana bir misol: Shu kunlarda "O'zbekiston temir yo'llari" aktsiyadorlik jamiyati mahalliy eksport qiluvchilar uchun Afg'onistonning Hayraton stantsiyasiga tezyurar yuk poezdlarining muntazam ravishdagi qatnovini tashkil etdi. Mazkur taklif bevosita bizning tadbirkor va dehqonlarimizdan kelib tushgan. E'tiborlisi, oldinlari Toshkentdan Afg'onistonga jo'natilgan vagon 5-6 kun ichida yetkazib berilar edi. Endilikda esa, Toshkentdan Xayraton (Afg'oniston) stantsiyasiga 2 kun ichida yuklarni tezyurar yuk poezdlari orqali yetkazib berish imkoniyati mavjud. E'tiborlisi, mazkur poezd haftasiga uch marotaba qatnaydi. "O'zbekiston temir yo'llari" aktsiyadorlik jamiyati barcha turdagi yuklar uchun mo'ljallangan turli xildagi vagon, konteyner, sisterna va boshqa zaruriy anjomlar bilan ta'minlaydi. To'lovlar esa, qulay usulda amalga oshiriladi va shu o'rinda qayd etish lozim – transport tarifi – o'zgarishsiz qoladi. Bugungi kungacha 4 ta poezd tashilgan bo'lib, ular  eksportga yo'naltirilgan mahsulotlar bilan yuklangan jami 218 vagonni tashkil etdi. Eslatib o'tamiz, bunday loyihalar muntazam ravishda amalga oshiriladi va ushbu xizmat turini joriy etish, avvalambor, kichik biznes va xususiy biznes vakillarini, ishlab-chiqaruvchilarni, tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash, ularga qo'shimcha qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan bo'lib butun mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi shubhasiz. 

Umuman olganda, yurtimizda koronavirusni oldini olish, ushbu kasallikka chalingan bemorlarni davolashda “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati mutaxassislari ham munosib hissa qo'shib kelmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. U.Ibragimov ta'kidlaganidek, temir yo'l sohasida tezkorlik bilan amalga oshirilgan qator chora-tadbirlar, yurtimizda ushbu kasallikni oldini olish va bartaraf etishda salmoqli hissa qo'shgan desak adashmagan bo'lamiz.

Brifingda shuningdek, karantin sharoitida maxsus yo'lovchi poezdlar borasida ham to'xtalib o'tildi. Ma'lumki, koronavirus infektsiyasining O'zbekistonga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida, xorijdan qaytgan vatandoshlarimiz mamlakatimizning qator viloyatlaridagi turli tibbiyot maskanlarida karantin kuzatuviga olingan edilar. Mamlakatimizning turli viloyatlarida karantinda muddati tugagan 11 ming 500 nafaridan ortiq yurtdoshlarimiz uchun jami 46 ta to'liq dezinfektsiyalangan maxsus yo'lovchi poezdlar tashkil etildi va o'z manzillariga yetkazildi.

Boshqa tashkilotlar qatorida “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ham “COVID-19”ga  qarshi kurashda “O'zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga bir milliard so'm mablag' o'tkazildi. Ayni kunlarda Toshkent viloyatining Zangi-ota tumanida temiryo'lchilarimiz tomonidan bunyod etilayotgan 5 ming o'rinli shifoxona qurilishi yakunlanishi arafasida. Ushbu shifoxona foydalanishga topshirilgach, bu yerda koronavirus pandemiyasi tufayli karantinga olingan va ushbu kasallikka chalingan bemorlarni davolash jarayoni boshlanadi.

Shuningdek, koronavirus pandemiyasi davrida O'zbekiston tomonidan Afg'oniston va Tojikiston davlatlariga eng zarur tibbiy buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat gumanitar yordam temir yo'llari orqali jo'natilgani to'g'risida ham ma'lumot berildi.

Brifing doirasida an'anaga aylangan savol-javob rukniga ham e'tibor qaratildi va +998-90-938-40-00 raqami orqali Temiryollogistic Telegram-messenjeriga kelib tushayogan bir nechta dolzarb savollarga javob berildi. Jumladan:

1-savol. O'zbekiston Respublikasidan Turkiyaning Istambul shahriga konteynerlarda yuk tashishni yo'lga qo'yilganidan xabarimiz bor, lekin Turkiyadan O'zbekistonga ham yuklarni konteynerlarda tashish imkoni bormi va shunday imkoniyat mavjud bo'lsa tariflari qanday bo'lishi mumkinligi haqida ma'lumot bersangiz.

Javob: Xozirgi kunda Turkiyaning Istambul shahridan yuklarni konteynerlarda olib kelish imkonimiz bor va mazkur yo'nalishda tariflar avtomobil` transporti bilan raqobatlasha oladigan tariflarda amalga oshirilishi mumkin. Ma'lumot o'rnida, yana aytib o'taman, tadbirkorlarimiz o'z murojatlarini bizga +998-90-938-40-00 raqami orqali Temiryollogistic Telegram-mesenjeri orqali yuborishsa biz ularga yuqorda qo'rsatilagan yo'nalishlar bo'yicha har bir mijozning vaziyatiga qarab javob beramiz. Yana bir bor ta'kidlayman, kelib tushgan har bir murojaat o'rganib chiqiladi va tegishli mutaxassislar tomonidan ularga javob beriladi. Eslatib o'tamiz, har qanday taklif va murojaatlaringizni ko'rib chiqishga hamda hamkorlikka doim tayyormiz! 

2-savol. O'zbekistonda ko'plab to'qimachilik korxonari mavjud bo'lib maxsulotlarni Turkiya va Eron davlatlariga eksportni yo'lga quyish, bu davlatlarga maxsulotimizni tashish bo'yicha kengroq ma'lumot bersangiz?

Javob: Haqiqatdan ham, bugungi kunga kelib, to'qimachilik korxonalari tomonidan to'qimachilik xom-ashyolarini Turkiya va Eron davlatlariga eksport qilishga bo'lgan talab ortishini kuzatishimiz mumkin. Bu borada yuk jo'natuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Sergeli stantsiyasidan Qoraqalpog'iston – Aktau porti – Boku – Beyyuk Kyasik – Axalkalaki – Derindje (Sofiport) – Istanbul bo'lgan yo'nalishdagi avtotransportdagi tashuvlarga nisbatan egiluvchan va raqobatdosh tarif bo'yicha yuk tashish yo'lga qo'yilgan. Eron Islom Respublikasiga yuklarni yetkazib berish bo'yicha “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan ikkita yo'nalish ishlab chiqildi. Birinchisi, bu – Xojadavlat chegara stantsiyasidan Turkmaniston orkali Turkmanboshi portidan Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjonning Alyat portidan Erongacha bo'lgan yo'nalish. Ikinchisi – Koraqalpog'iston chegara stantsiyasidan Qozoqistonning Aktau portidan Kaspiy dengizi orqali Eronning Amirobod portiga konteynerlarda yuklarni yetkazib berish yo'lga qo'yilmoqda. 

Shu bilan navbatdagi, temir yo'l sohasiga va hozirgi paytda undagi faoliyatiga oid masalalarga bag'ishlangan brifing o'z ishini yakunladi.

Axborot-tahliliy media markazi