O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Tadbirkorlar uchun tezyurar yuk poyezdlari haqida ma'lumot

24.04.2020 283

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ yuk tashish sohasidagi faoliyatini takomillashtirishni davom ettirmoqda hamda kichik va o'rta biznesni, xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini qo'llab-quvvatlash, qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Shu kunlarda O'zbekiston Respublikasi va qo'shni Afg'oniston Islom Respublikasi o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlik yo'lida temir yo'l transporti orqali yuk tashishlari faol rivojlanmoqda. 
 
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ mahalliy eksport qiluvchilar uchun qo'shimcha qulayliklar yaratdi, xususan, Afg'onistonning Hayraton stantsiyasiga tezyurar yuk poyezdlarining muntazam ravishdagi qatnovini tashkil etdi. Yuk poyezdining bir qismi poytaxtda shakllantiriladi va yo'nalish bo'ylab hududlarda ham shakllangan eksport yuki ortilgan vagonar ham mazkur poyezdga biriktirilfdi. 

Oddiy qilib aytganda, oldinlari Toshkentdan Afg'onistonga jo'natilgan vagon 5-6 kun ichida etkazib berilardi. Endilikda esa tadbirkorlar buyurtmalarini rasmiylashtirib, Toshkentdan Xayraton (Afg'oniston) stantsiyasiga ikki kun ichida yuklarni tezyurar yuk poyezdlarida etkazib beriladi. 
 
Shu bilan birga, joriy yil 16 aprelda tarkibida 14 vagoni bo'lgan birinchi tezyurar yuk poyezdi Afg'onistonga yuborilgan bo'lib, yo'nalish bo'ylab yana qo'shimcha ravishda  eksportbop maxsulot yuklatilgan 36 ta vagon biriktirildi. Bugungi kunga qadar bu kabi 4 ta poyezd tashilgan bo'lib, ular  eksportga yo'naltirilgan milliy iqtisodiyot tovarlari yuklangan jami 218 vagonni tashkil etdi.  

E'tiborlisi, mazkur poyezd haftasiga uch marotaba qatnaydi. "O'zbekiston temir yo'llari" AJ yuklarning barcha turdagi yuklarni turli hil vagon, konteyner, sisterna va hokazolarni taqdim etadi. To'lov har qanday qulay to'lov usulida amalga oshiriladi,shu bilan birga transport tarifi o'zgarishsiz qoladi. 

Eslatib o'tamiz, bunday loyihalar muntazam ravishda amalga oshiriladi va ushbu xizmatnturini joriy etish, avvalambor, kichik biznes va xususiy biznes vakillarini, ishlab-chiqaruvchilarni, tadbirkorlik sub'yektlarini qo'llab-quvvatlash, ularga qo'shimcha qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan bo'lib, shu bilan birga butun mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi shubhasiz. 

Yuklarni tashish bo'yicha barcha ma'lumotlar "O'zbekiston temir yo'llari" AJ rasmiy veb-saytida mavjud. Shuningdek, savol bilan siz +998-90-938-40-00 raqami orqali Telegram-messenjeri chatiga ham murojaat qilishingiz mumkin. 

Axborot-tahliliy media markazi