O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

“O'zbekiston temir yo'llari” AJning rasmiy bayonoti

16.04.2020 611

Bugun Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan shtabida “O'zbekiston temir yo'llari” AJ Bosh boshqarmasining boshlig'i U.N.Ibragimov ishtirok etib tadbirkorlardan kelib tushayotgan navbatdagi murojaat va dolzarb savollariga javob berdi.

Brifing doirasida “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan yuklarni eksport-import va tranzit tashish  ishlari yo'lga qo'yilgan bo'lib, bu boradagi ishlar tadbirkorlar xamda eksportyorlarga sharoit yaratish uchun jadal rivojlantirib borilayotgani alohida ta'kidlandi. Ma'lumki bugungi kunda avto va havo qatnovlari deyarli amalga oshirilmayotgan bir vaqtda, dunyo temir yo'llari zimmasiga katta ma'suliyat yuklatilmoqda. Shu bois, “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan mamlakatning eksport mahsulotlarga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotini o'z manzillariga yetkazib berishida ko'maklashish uchun qilinayotgan sayi-harakatlar sarhisobi haqida ham ma’ruzada to'xtab o'tildi. Jumladan, “O'zbekiston temir yo'llari” AJda meva-sabzavotlar, go'sht kabi tez buziladigan maxsulotlning eksporti uchun mo'ljallangan refrijeratorli vagonlar mavjud bo'lib, bir vagon sig'imi 45 tonnaga yetishi to'g'risida ma'lumot berildi. Shuningdek, mavjud  refrijerator vagonlarda bir vaqtning o'zida 47.000  tonna yuklarni, ya'ni bir oyda o'rtacha 140.000 tonnadan ortiq yuklarni tashish imkoniyati mavjud. "O'zbekiston temir yo'llari" AJning refrijerator vagonlarda yuk tashish uchun amaldagi tariflarga 50 foizdan 70 foizgacha chegirmalar taqdim etganligi, maxsulotlarni refrijerator vagonlarga yuklash uchun imtiyozli muddat 1 sutkadan 4 sutgagacha belgilangani tadbirkorlar, dehqon va fermer xo'jaliklarga qo'shimcha qulayliklar yaratadi.

Bu borada “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan yurtimizning eksport yuklarini tashish 13ta yo'nalishlar (koridor) bo'yicha amalga oshirilib, xorijiy mamlakatlarning 20dan ortiq portlariga  yetkazib borilmoqda. Koronovirus pandemiyasi tufayli Turkmaniston - Eron yo'nalishidagi temir yo'l orqali harakatlanish vaqtincha cheklanganligi sababli, Qozog'istonning Aktau va Eronning Amirobod portlari orqali boradigan yo'nalishlarda eksport-import yuklarni yetkazib berish ishlari tashkillashtirilmoqda. Hozirgi vaqtgacha ”O'zbekiston temir yo'llari” AJ g'arbiy yo'nalish bo'yicha - Moskva, Riga, Minsk, Brest, Odessa va sharqiy yo'nalish – Rossiyaning Vladivostok, Naxodka, Qozoqistonning – Dostik, Xargos xududlari va portlarigacha eksport tashuvlarini jadal sur'atlarda, mijozlarga qulaylik yaratgan holda amalga oshirib kelmoqda. 

Shuningdek, Trans-Kavkaz koridori bo'ylab Qoraqalpog'iston orqali Qozog'istonning Aktau, Ozarbayjonning Boku portlari yo'nalishi bo'yicha Gruziyaning Poti va Turkiyaning Istambul hamda Mersin portlariga multimodal yuk tashuvlari xamda Turkmaniston bo'ylab Turkmanboshi porti – Alyat porti – Axalkalaki – Derindje (Sofiport) orqali Istambulga yuklarni yetkazishni amalga oshirmoqdamiz.

Yuqoridagi yo'nalishlar bizga qo'shimcha Qoradengiz va O'rta yer dengizi portlariga yuk tashish imkonini bermoqda. Bu yo'nalishda mart oyining so'ngi kunlari va aprel oyining boshida yuborilgan 3ta  konteyner poezdi  Turkiyaga yetib bordi. Bunda, Poti portiga qadar bo'lgan masofa 2667 km, Istambulgacha 3774 km bo'lib, yuklarni yetkazib berish muddati o'rtacha 14 sutkani tashkil qilib, yuk tashish narxi avtomobil transporti bilan raqobatlasha oladigan shafof tarif bo'yicha belgilandi, tariflar va imtiyozlar bo'yicha to'liq ma'lumotni rasmiy veb-saytimiz – www.railway.uz dan olishingiz mumkin. Shu yo'nalishda, konteynerlarda yuklarning eksporti tez va sifatli bo'lib, ayniqsa to'qimachilik mahsulotlari uchun so'rovning keskin ortishi kutilmoqda.

“O'zbekiston temir yo'llari” aksiadorlik jamiyati natijalarini o'rganib chiqib, 2020 yil uchun rejalar belgilandi. Bunda temir yo'l orqali tashilayotgan eksport hajmi birinchi chorakda, hamda aprel oyining birinchi o'n kunligida o'tgan yilning mos davriga nisbatan 12% dan oshgan. Yuk tashish tezligini oshirish uchun 1 apreldan mijozlar va bojxona bo'linmariga “Qanday yuk kelayotgani haqida oldindan ogohlantiruvchi” tizimni mamlakatimiz hududida ham yo'lga qo'yilgani haqida ma'lumot bergan edik. Tashuvlar bilan bog'liq masalalar va murojatlarni hal etish uchun  “O'zbekiston temir yo'llari” aksiadorlik jamiyati Logistikani rivojlantirish va raqamlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan Telegram messedjerida +998 90 938-40-00 raqam orqali o'z ishini boshlagan bo'lib, kelib tushayotgan har bir murojaatni temir yo’l mutaxassislari tomonidan ijobiy hal qilish uchun ish olib bomilmoqda.

Brifingda yurtimizning tadbirkorlaridan kelib tushayotgan dolzarb savolar bo’yicha quyidagicha javob berildi: 

1.  Vagonlarni shaxobcha yo'llariga olib kirish va olib chiqish, umuman vagonga buyurtma berish haligacha elektron tarzda yo'lga qo'yilmagan, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida axborot berishingizni so'raymiz.

-  Bu boradagi qilinayotgan ishlarimizni xozirgi kunda davom ettirilmoqda, tasdiqlangan grafik bo'yicha axborot-komunikatsiya texnologiyalari va temir yo'l mutaxasislaridan iborat ishchi guruh xorijda rivojlangan elektron dasturlarni o'rgangan holda milliy dastur asosida ish olib bormoqda, tez kunda ushbu dastur ishga tushiriladi. 

2.  Vagonlarni yetkazib berish, tozalash xamda stantsiya xizmatlari uchun yig'iladigan to'lovlar bekor qilinishi, yuklarni poyezdga yuklash uchun imtiyozli muddat 1 sutkadan 4 sutgagacha qilib belgilanganishi barcha vagonlar uchunmi?

-  Yo'q bu chegirma va imtiyozlar meva-sabzavot maxsulotlari kabi tez buziladigan yuklarning faqat refrijeratotorli vagonlarda eksporti uchun tadbiq etilgan.

3.  Eronga tashilishi kerak bo'lgan yuklar oldin asosan avtotransportlarda yetkazilar edi xozirgi kunda koronovirus pandemiyasi sababli Turkmaniston – Eron yo'nalishida harakatlanish vaqtincha cheklanganligi tufayli bu boradagi “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati qanday ishlar olib borilayotganligi haqida ma'lumot bersangiz.

-  Yuqorida aytib o'tganimdek koronovirus pandemiyasi tufayli Turkmaniston – Eron yo'nalishida harakatlanish vaqtincha cheklanganligi sababli, Qozog'istonning Aktau va Eronning Amirobod portlari orqali boradigan yo'nalishlarda eksport yuklarni yetkazib berish ishlar tashkillashtirilmoqda. Bundan tashqari Telegram messejeri orqali tadbirkorlarimizdan Ozarbayjon Respublikasiga keramika plitkalarini yetkazib berish va Iroq davlatiga noxat maxsulotini eksport qilish bo'yicha buyurtmalar kelib tushgan, xozirgi vaqtda bu yangi yo'nalishlarda ham avtotransport bilan raqobatlasha oladigan tarif bo'yicha tashishlarni tashkil etish uchun muzokaralar olib bormoqdamiz va tez kunlarda bu yuklarni manziliga yetkazish bo'yicha qilingan ishlar to'g'risidagi ma'lumotlarni ommaga taqdim etamiz.

Axborot-tahliliy media markazi