O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

“O'zbekiston temir yo'llari” AJ virusologiya shifoxonasining qurilishida ishtirok etmoqda

14.04.2020 257

Ma'lumki, Toshkent viloyati Zangiota tumanida umumiy maydoni 130 gektar bo'lgan hududda ikkita virusologiya shifoxonasini o'z ichiga olgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot majmuasini barpo etish bo'yicha qurilish ishlari qizg'in davom etmoqda. Ushbu shifoxonalardan biri 5000 ming o'ringa mo'ljallangan bo’lib, “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan barpo etilmoqda. Ayni paytda, shifoxonaning 1000 joyga mo’ljallangan qismidagi qurilish ishlarining 75 foizi bajarildi.

Qurilish ob'ektida qariyib 2000 nafar quruvchi va soxa mutaxassislari ishlamoqda hamda ko’plab maxsus qurilish texnikasi jalb etilgan. Xozirda, asosiy poydevor ishlari tugallangan bo’lib, binoning devorlari maxsus engil konstruksiyalar asosida qad ko’tardi. Loyihaga ko'ra, bu yerda jarrohlik va tug'ruqxona bo'limlari, davolash va muolaja xonalari, shuningdek, analizlarni tahlil qilish, shu jumladan, karantin uchun yangi kelgan bemorlar uchun alohida klinik-diagnostika laboratoriyasi qurilmoqda. Shifokor va tibbiyot xodimlari uchun alohida kabinetlar, oshxona, kir yuvish uchun alohida xonalar barpo etilmoqda. Shifoxona binosida xonalarda zamonaviy havoni mo’tadillashtiruvchi va kislorod ta'minoti tizimlari o'rnatilmoqda. Barcha qurilish ishlari zarur sanitariya-gigiyena me'yorlarini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda.

Qurilish ikki smenada amalga oshirilmoqda. Ushbu bunyodkorlik jarayonida ishtirok etayotgan quruvchilar va mutaxassislar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Ular kuniga uch marta issiq ovqat bilan ta’minlanmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi