O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Amaldagi xalqaro shartnomalar, hamkorlik istiqbollari

06.04.2020 247

Avval xabar berganimizdek, joriy yil 29 mart kuni, eksport mahsulotlari bo’lgan O'zbekistonning konteyner poyezdi Turkiyaga jo'nab ketgandi.


Shu bilan bir qatorda, bugun, 6 aprel kuni, Turkiyadan, ya'ni hududi dunyoning ikki qismi - Evropa va Osiyoda joylashgan mamlakatdan O'zbekiston tomonga konteynerli temir yo'l karvoni yo'lga chiqdi. Ta'kidlash joizki, ilgari Sergeli stantsiyasidan (Toshkent) 90 konteynerli eksport yuklari 45 soat ichida Qozog'iston bilan chegaradosh Qoraqalpog'iston stantsiyasiga etib borgan va uch kun ichida Qozog'istonning Aktau portiga etkazilgan. Ushbu yo'nalish Baku - Tbilisi - Qars tranziti Tranzkavkaz yo'lagi bo'ylab harakatlanishini hisobga olsak, ushbu yo'nalish multimodal tashish turiga mansub bo'lib, mazkur yo'lakda ishtirok etayotgan mamlakatlarning temir yo'l ma'muriyatlari rahbarlarining ko'p tomonlama uchrashuvlari va muzokaralarida erishilgan kelishuvlarida bu muhim ahamiyatga ega.

Ayni paytda, esa eksport yuklari Turkiyadan Qirg'izistonga, O'zbekiston orqali tranzit yo'lidan olib o'tilmoqda. Olib ketilayotgan yuk turi Qirg'iziston Respublikasida elektr uzatish liniyalarini qurish uchun mo'ljallangan kabel mahsulotlari kabi zaruriy qismlarni o'z ichiga oladi.

Eslatib o'tamiz, ushbu multimodal yo'nalish birinchisi emas. Joriy yilning yanvar oyida, sisternalar (mazut) bilan uchta poyezd yuborilgan. 

Axborot-tahliliy media markazi