O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Yo'lovchilar diqqatiga!

27.03.2020 201

Ayni paytda mamlakatimiz hukumati tomonidan koronavirusning O'zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar doirasida yo'lovchilardan xalqaro va yurtimizning ichki yo'nalishidagi temir yo'l chiptalarining qaytarilishi bilan bog'liq qator murojaatlar "O'zbekiston temir yo'llari" AJga kelib tushmoqda.

Avval xabar berganimizdek, amalda foydalanilmay qolgan  temir yo'l chiptalari uchun yo'lovchilarga belgilangan tartibda va to'liq hajmda chiptaning qiymat narxi, foizlari ushlanmagan holda qaytariladi. Elektron chiptalar ham shu jumladan! Respublikaning poytaxti va boshqa viloyatlardagi karantin holatini hisobga olgan holda, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ kerakli summani uyingizgacha eltib berishi yoki yo'lovchining plastik kartasiga o’tkazib berishga tayyor. Yana bir imkoniyat mavjud, respublikamiz temir yo'l vokzallaridagi barcha temir yo'l kassalarida chiptalarni qaytarib olishingiz mumkin. Shu bilan birga, keksa va surunkali hastaliklarga chalingan shaxslar chiptaning qiymat summasini qaytarish uchun uydan chiqmasliklarini qat’iy tavsiya etiladi!

Batafsil ma'lumot uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling:

+998712999450 (belgilangan hisobot blanklarida sotib olingan chiptalar bo'yicha)
+998999819383 (sotib olingan elektron chiptalar masalasida)

Bundan tashqari, uzjeldorpass@mail.ru elektron pochta orqali ham murojaat etishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, sizga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar bilan bog'liq har qanday holat yuzaga kelgan hollarda sizdan "O'ztemiryo'lyo’lovchi" AJning +998712999450 ishonch telefoni orqali xabar berishingizni so'raymiz. Shuningdek, Telegram messenjeridagi @pastrans ilovaga ham murojaatingizni yuborishingiz mumkin. 

Axborot-tahliliy media markazi