O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Qadrli va aziz hamkasblar!

21.03.2020 148


Ko'klam nafasi ko'ngillarimizga beg'ubor his-tuyg'ular, ezguliklar uyg'otayotgan ushbu qutlug' kunlarda barchangizni yangilanish va yasharish ayyomi, mehr-oqibat, ezgulik, yaratuvchanlik va go'zallik ramzi, milliy qadriyatlarimiz timsoli bo'lgan Navro'zi olam bilan chin kalbimizdan, samimiy tabriklaymiz!

Joriy yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan “Navro'zing – yangi kun, yangi davroning muborak, jonajon O'zbekistonim!” degan bosh g'oyani o'zida mujassam etgan bu qutlug' bayram mazmuni xalqimizning yaratuvchanlik, bunyodkorlik, bag'rikenglik, yaxshilik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlarini o'zida namoyon etishi bilan, shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan yangi, hayotbaxsh islohotlar bilan xamohangdir.

Tabiatning beqiyos go'zalligini, ona zaminimizning sahovatini namoyon etadigan Navro'z, tinchlik, omonlik, ahillik bayrami sifatida ham xalqimizning eng sevimli ayyomiga aylangan.

Hayotning ana shunday ezguliklariga undaydigan, har birimizni tabarruk zaminimizni 
sevishga, oqibatni, mehnatni qadrlashga, ko'klam mo''jizalaridan bahra olishga o'rgatadigan Navro'z shukuhi barchangizga muborak bo'lsin!

Sizlarga mustahkam sog'liq, oilaviy baxtu saodat, Vatanimiz ravnaqi, temir yo'l sohasining yanada taraqkiy etishi yo'lidagi mas'uliyatli va sharafli faoliyatingizda g'ayrat-shijoat, kuch-quvvat va ulkan muvaffakiyatlar tilaymiz!

Buyuk va muqaddas Vatanimiz - jonajon O'zbekistonimiz osmoni xamisha musaffo bo'lsin! Navro'zi olam barchamizga muborak bo'lsin!


Cheksiz ehtirom bilan,

X.Xasilov,
“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik 
jamiyati boshqaruv raisi v.b.

Q.Sabirov,
O'zbekiston temiryo'lchilari va transport 
quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika 
Kengashi raisi