O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Elektron chiptalarni zamonaviy uskunalar bilan tekshirish boshlandi

11.03.2020 171

Avval xabar berganimizdek, yo'lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida “O'ztemiryo'lyo'lovchi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan poyezdlarga chiqish vaqtida chiptalarni tekshirish jarayonidagi vaqtni tejash maqsadida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boshlandi. Bunda elektron chiptalardagi QR-kod maxsus uskuna bilan tekshiriladi. 


Kuni-kecha ushbu zamonaviy uskunalar “Afrosiyob” poyezdlarida sinov tariqasida yo'lga qo'yildi. Ushbu taqdim etilayotgan xizmat turi yo’lovchilarga chiptaxonalarga bormasdan to’g’ridan to’g’ri poyezdga chiqish imkoniyatini yaratadi. Endilikda, elektron chiptalarni A4 formatida chop etishga ham hojat yo'q bo’lib, mobil qurilma va smartfonlar orqali taqdim etish kifoya bo’ladi. Ularni haqiqiyligini vokzallardagi nazorat-o'tkazish punkti xodimlari (KPP), hamda vagon kuzatuvchilari yangi uskunalarda tekshirishadi.

Ayni paytda test rejimida "Toshkent-Markaziy" temir yo'l vokzalida nazorat- o'tkazish punktlarida ikkita hamda "Afrosiyob" poyezdlarining birida 10 ta elektron chiptalarni tekshirish uskunalari qo’llanilmoqda. Kelgusida bunday texnologiyalar mamlakatimizning barcha vokzallarida joriy etiladi.

Eslatib o'tamiz, sinov rejimi joriy yil mart oyining oxiriga qadar davom etadi va ommaviy foydalanishga topshirilishi haqida "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ kelgusida qo'shimcha ma'lumotlar berib boradi.

Axborot-tahliliy media markazi