O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Davra suhbati: OAV vakillari bilan uchrashuv

03.03.2020 138

Joriy yilning 3 mart kuni Toshkent Janubiy temir yo'l vokzalida OAV xodimlari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi. Bundan asosiy maqsad temir yo'lda yo'lovchlarga sifatli xizmat ko'rsatish, vokzallarda va poyezd vagonlarida servis darajasini yanada oshirish, turizm salohiyatini takomillashtirish va boshqa qator masalalar muhokama qilindi. 

Suhbat jarayonida shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik tomonidan mazkur yo'nalishda mavjud bo'lgan muammo va kamchiliklar haqida ham fikr yuritildi va mutasaddilar tomonidan bu borada batafsil ma'lumot berildi.

Uchrashuvda joriy yil yo'lovchilarga sayyoh uchun alohida chegirmalarni ya'ni yangi ta'riflarni ishlab chiqish, elektron bilet sotib olish va uni rasmiylashtirish, vokzal xududiga o'tish jarayonini yanada soddalashtirish yuzasidan ish olib borilayotganligi haqida ma'lumot berildi. Shu bilan birga ichki turizmni yaxshilashga ham alohida to'xtalib o'tishdi. Yo'lovchilar vaqtlarini chog' o'tkazish uchun “Toshkent-Andijon-Toshken” yo'nalishida maxsus elektron kutubxona tashkil etilgan bo'lib, unda yo'lovchilar bemalol o'zlari yoqtirgan kitoblarini olib
o'qishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Bundan tashqari, elektron chiptalarni rasmiylashtirishda olib borilayotgan yangiliklar haqida ham so'z yuritildi. Unga ko'ra, elektron chiptani rasmiylashtirgan yo'lovchi hatto uni chop etishga hojat qolmaydi ya'ni QR yoki shtrixli mobil telefonni qurilmaga ulash kifoya qiladi.

Ochiq suhbat ko'rinishida o'tkazilgan tadbirda jurnalistlarning savollari va takliflari o'rganib chiqildi. “Poyezdda xizmat safariga chiqqanimizda vagonga o'rnatilgan ekranda deyarli bir-ikkita rolik, kinolar qayta-qayta namoyish etiladi. Bu holatga juda ko'pbora tushganman…”, deb yo'llangan savolga mutaxasislar quyidagicha javob berdilar: “Bu bo'yicha yangi loyiha ishlab chiqyapmiz, ya'ni endilikda Intronet portali orqali har bir yo'lovchi o'zlari uchun qiziq bo'lgan dastur (kontent)ni tanlab, bemalol foydalanishlari mumkin bo'ladi. Portalda kino, musiqa, elektron kitoblar, o'yinlar joylashtiriladi. Ushbu dasturni “Afrosiyob” tez yurar poyezdida sinovdan o'tkazish rejalashtirilmoqda”.

“Yo'lovchilarga sifatli xizmat ko'rsatish, poyezddagi restoran ximzati va unda tayyorlanadigan yeguliklar, vokzal atrofida safarga ketayotgan yo'lovchilarning avtomobillari uchun maxsus avto turargohlar qilinmagan, bor bo'lsa ham hech kim bilmaydi...” haqidagi savol mutasaddilarimizni o'ziga tortdi. Bunga ham atroflicha javob berildi. Shuningdek, vokzal hududidagi 250 ta avtomobilga mo'ljallangan avto turargoh mehmonlarga qaytadan tanishtirildi.

Davra suhbati davomida “Railway media” MCHJ tomonidan yangi ishlab chiqilayotgan loyihalar haqida ham axborot berildi. “Endilikda “Rail shop” dasturi ishga tushirilishi nafaqat sayyohlarga balki yurtdoshlarimizga ham alohida qulaylik yaratishiga umid qilamiz. Ushbu dastur orqali siz yaqinlaringiz uchun estalik sovg'lari sotib olish uchun buyurtma berishingiz mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, sovg'alarni tanlash uchun mahsulotlar xilma xilligiga ham alohida e'tibor qaratilgan. Hozirda ushbu dasturni amaliyotga tadbiq etish bo'yicha ish olib boryapmiz”, - deydi Fozil Sharipov.

Albatta, bularning barchasi yo'lovchilarning talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi