O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

"IPAK YO'LI TRANSPORTI" xalqaro ilmiy elektron jurnalining navbatdagi 3-4-soni nashr etildi

03.03.2020 323

Eslatib o'tamiz, agar elektron jurnalining oldingi soni temir yo'l mavzulariga bag'ishlangan bo'lsa, navbatdagi soni to'laligicha avtotransportga bag'ishlangan.

Elektron nashr bilan tahririyat “aitm.uz.” saytida tanishish mumkin. Jurnal jamoat mulki hisoblanadi va barcha nashrlar, maqolalarning to'liq matnlari Internet-resursga bepul joylashtiriladi. Maqolaning nomi, uning annotatsiyasi, kalit so'zlar, mualliflar haqidagi ma'lumotlar ingliz, o'zbek va rus tillarida joylashtirilgan.

- Dizel dvigatellari asosida tashkil etilgan gaz dvigatellari bilan jihozlangan avtomobillarning ishlash sifatini takomillashtirish;

- Avtobusda sayohat vaqtini modellashtirish usuli;

- Atrof-muhit haroratining yuk mashinalaridan foydalanish samaradorligining umumlashtirilgan ko'rsatkichlariga ta'sirini aniqlash;

- O'zbekiston Respublikasi avtomobil yo'llari majmuasi faoliyati samaradorligini oshirish;

- Tog'li hududlarda avtomobil yo'lining murakkabligini baholash;

- Logistika samaradorligi reytingida O'zbekistonning o'rnini oshirish yo'llari;

- Murakkab organik bog'lovchi qo'shimchalar bilan sovuq asfalt beton;

- Sho'rlangan tuproqlarning yo'l qatlamlari va ularning hisob-kitob xususiyatlarini yaxshilash usullari;

- Meliorantlarni bosimsiz emdirishning nazariy asoslari va uning xususiyatlarini harakatlanuvchi qumlarni mustahkamlash amaliyotida qo'llash;

- "OKMK" sharoitida smenali avtobuslarning shinalarini ishlatish normalari;

- Yo'l frezasi (YF) ning asfaltbeton bilan o'zaro ta'siri;

- Yo'lni frezalash mashinalarining eskirgan yo'l sirtini ta'mirlash texnologiyasida tutgan o'rni.

Axborot-tahliliy media markazi