O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Elektron chiptaning imkoniyatlari takomillashtirilmoqda

21.02.2020 676

Ma'lumki, bugungi kunda temir yo'l kassalariga murojaat qilmasdan, O'zbekiston ichki yo’nalishlardagi poyezdlarga printerda chop etilgan elektron chiptalar bilan to'g'ridan-to'g'ri poyezdga chiqish imkoniyati mavjud. “O'ztemiryo'lo'lovchi” AJ tomonidan yo’lovchilarga qulaylik yaratish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan, elektron chiptalarni bosma shakli orqali davlatlararo reyslarida ham muomalada bo’lishini joriy etilmoqda.

Joriy yilning 1 martidan boshlab, xalqaro yo’nalishlarda qatnaydigan barcha O’zbekiston yo'lovchi poyezdlariga ham elektron ro'yxatdan o’tish jarayoni joriy etiladi. Boshqa so'z bilan aytganda, endi xalqaro yo’nalishdagi poyezdlarga ham temir yo'l kassasiga bormasdan printerda chop etilgan elektron chipta bilan to’g’ridan-to’g’ri poyezdga chiqish mumkin

Shuningdek, tez kunlarda “E-ticket” elektron temir yo'l chiptalarini sotib olish tizimini xalqaro to'lov tizimlari bilan integratsiyasi ham amalga oshiriladi. Bu esa, dunyoning ko'plab kredit va debit kartalariga xizmat ko'rsatish imkoniyatini yaratadi.

Bundan tashqari, 01.03.2020 yildan boshlab elektron chiptalarni rasmiylashtirishda komission yig'imlar miqdori ham kamaytirildi, ya’ni:

1. “Afrosiyob” yuqori tezlikdagi poyezdlari va barcha boshqa mahalliy yo’nalishlardagi poyezdlarga – 16 000 so'm;
2. Barcha davlatlararo (“Ozbekiston temir yo’llari” AJ va boshqa MDH davlatlarining tarkibiy) poyezdlariga – 56 000 so'm;
3. 001/002-sonli davlatlararo Tulpar-Talgo poyezdga (Olmaota – Toshkent – Olmaota) – 38 000 so'mni tashkil etadi.

IZOH: IZOH: Elektron chipta bu, Internet orqali ma’lum bosqichlardan (to'liq ismni kiritish, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va raqami – pasport, xorijga chiqish pasporti, tug'ilganlik haqidagi guvohnoma va h.k.) o'tib, Siz xarid qilgan yo’l xujjatidir. To'lov amalga oshirilganidan so’ng poyezddagi joy darhol siz uchun ajratiladi va u faqat sizniki. Sizdan faqat A4 formatida printerda chiqarilgan elektron chipta bo’lishi talab etiladi. Eng muhimi, chiptada ko’rsatilgan harflar va raqamlar aniq va ravshan aks ettirilishi lozim. Eslatib o'tamiz, elektron chiptalarni rasmiylashtirishda ma’lumotlarni to'g'ri kiritilishi hamda fuqarolarning davlatga kirish va chiqish pasport-viza qoidalaridan xabardor bo'lishga yo'lovchining o'zi javobgar bo'ladi.

Elektron chiptalarni sotib olish bilan bog'liq barcha savollar bilan +998712997984 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. 

“O'ztemiryo'lo'lovchi” AJ