O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Temir yo'ldan foydalanish va o'tish qoidalari buzilishi haqidagi sharh

13.02.2020 591


Elektron OAV va turli ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 11 fevral kuni Andijon viloyatining Izboskan tumanida yuk poyezdi yosh qizni urib yuborgani va uning ahvoli juda og'ir ekanligi haqida ma'lumot tarqatilmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu hodisa 11.02.2020 yil soat 09:57 da Paytug' – Kuyganyor peregonida sodir bo'lgan. 2003 yilda tug'ilgan fuqoro Turg'unova N. temir yo'llardan foydalanish va yuqori xavfli hududdan o'tish qoidalarini buzdi, bu esa uning 2TE10M-0116 rusumli Andijon – Qo'qon yo'nalishi bo'ylab harakatlangan yuk poyezdi bilan to'qnashuviga olib keldi. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.

Ayni paytda tegishli organlari tomonidan sodir bo'lgan holatlar yuzasidan tergov olib borilmoqda. 

Piyodalarga eslatib o'tamizki, ushbu uchastkalarni kesib o'tish uchun maxsus ajratilgan va jihozlangan joylar, piyodalar ko'prigi, alohida taxta mavjud.

DIQQAT! Poyezd mashinistining faqat bitta yo'l bo'ylab harakat qiladi! Uning boshqa yo’li mavjud emas! Temir yo'lni kesib o'tadigan avtomobil haydovchilarining yoki piyodalarning har doim ham tanlash imkoniyati bor va biroz kutib turishlari mumkin. Temir yo'lda poyezd har doim ustuvorlikka egadir! Chunki poyezdlarning tormozdan keyin bosib o’tiladigan masofasi ancha uzun, hatto past tezlikda harakatlanayotgan bo’lsa ham.

Shuni unutmangki, temir yo'l xavfli joy hisoblanadi! Shuning uchun, har birimiz ehtiyot bo'lish, barcha xavfsizlik talablari va qoidalariga rioya qilish lozim!  Bu Sizning, oilangizning va do'stlaringizning xavfsizligini kafolatlaydi!

Axborot-tahliliy media markazi