O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Temir yo'llarida YTHlar to’g’risida ma'lumot

11.02.2020 587

Elektron ommaviy axborot vositalariga bir kunning o’zida ikkita avtotransport vositani poyezd urganligi haqida xabar va fotosuratlar, noto’g’ri talqin qilinayotgan ma’lumotlar tarqalmoqda.

Qayd etish kerakk, ikki holat ham turli hududlarda har xil kunlarda sodir bo'lgan. Ulardan birinchisi 06.02.2020 y. soat 16:30 da “Toshkent metallurgiya zavodi” MChJ qo’shma korxonasining shohobcha temir yo'lida sodir bo'libdi, unda ТЭМ2 №3091 seriyali manyovr teplovozi “Gazel” rusumli yuk mashinasi bilan to’qnashdi. Mazkur hudud va shohobcha temir yo'lllari “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tasarrufiga tegishli emasligini alohida ta'kidlaymiz. Ushbu holat bo’yicha tegishli tuzilmalar tomonidan tergov ishlarri olib borilmoqda.

Ommaviy axborot vositalarida keng tarqalayotgan ikkinchi holat 07.02.2020 y. soat 06:21 da sodir bo'ldi. “Salar” stantsiyasining qo'riqlanmayotgan temir yo’l kesishmasida ВЛ80-2458 elektrovoz boshqarayotgan yuk poyezdi “Matiz” rusumli avtomobil bilan to'qnashdi. Qurbonlar va jabrlanganlar yo'q. Tegishli idoralar tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Muhim eslatma: Poyezd mazkur xududlar (temir yo'l kesishmalari)da har doim ustuvorlikka egadir! Chunki poyezdlarning tormozdan keyin bosib o’tiladigan masofasi ancha uzun, hatto past tezlikda harakatlanayotgan bo’lsa ham. Shuni ham esd tutingki, agar temir yo’l kesishmasida poyezd mashinisti faqat bitta yo’lga ega bo’lsa, avtomobil haydovchi yoki piyoda doim tanlash imkoniyatiga ega! Temir yo'l kesishmalari – xavfi yuqori bo'lgan joy hisoblanadi! Yodda tuting, temir yo’l kesishmalarida Yo’l xarakati qoidalariga doimo rioya eting! O’zingizni asrang!

Axborot-tahliliy media markazi