O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Bugun xalqaro yo‘nalishda qatnaydigan poyеzdlar soni yana bittaga ko‘paydi

08.02.2020 935

Avval xabar berganimizdek, fevral oyidan boshlab xalqaro yo’nalishida yana bitta poyezd qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi

Bugun, 8 fеvral kuni soat 20:15 da Andijon – Ufa – Andijon yo‘nalishida yo‘lovchi poyеzdining muntazam qatnovi boshlanаdi. Endilikda vodiy viloyatlaridan mazkur yo’nalishdagi MDH mamlakatlariga boradigan yo‘lovchilarimiz Andijon, Marg’ilon, Qo‘qon va Pop vokzallaridan jo’nashlari mumkin. Chiptalarni joylardagi chiptaxonalarida xarid qilish mumkin yoki electron tarzda, e-ticket@railway.uz sayti va uning mobil ilovalari orqali rasmiylashtirishingiz mumkin. 

DIQQAT! Yurtimizdagi ichki reyslari uchun shunchaki printerdan chiqarilgan elektron chipta bilan to'g'ridan-to'g'ri poyezdga chiqish imkoniyati mavjud bo’lsa, xalqaro reyslar uchun esa, electron chiptani temir yo'l chiptaxonalarda davlatlararo kelishuvlarga muvofiq belgilangan shakldagisiga almashtirilishi shart! Chunki, safar davomida boshqa davlatlar nazoratchilari aynan belgilangan shakldagi chiptalani tekshiruvdan o’tkazadi. Xozirgi kunda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan ushbu masala borasida muzokaralar olib borilmoqda. Ya’ni yaqin kunlarda xalqaro reyslarga xarid qilingan elektron chiptalar ham faqat printerdan chiqarilgan shaklida safar davomida amal qilishi ko'zda tutilgan.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ