O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Vagon xo'jaligi boshqarmasi rahbari yoshlar bilan uchrashdi

05.02.2020 535

Toshkent temir yo'l muhandislari institutida “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatining Vagon xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i Ergash Axmedov yoshlar bilan uchrashdi. Tadbirda institut “Elektromexanika” fakulteti rahbariyati, “Vagonlar va vagon xo'jaligi” kafedrasi o'qituvchilari va talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ergash Axmedov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi Prezidentimizning Murojaatnomasidan kelib chiqadigan vazifalar, Vagon xo'jaligi muammolarini yechishda yoshlarning o'rni, tizimda amalga oshirmoqchi bo'lgan rejalar haqida fikr bildirdi. Yosh mutaxassislar va talabalarning yangi loyihalarini qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi. Tadbirda yosh tadqiqotchilar, talabalarning fikrlari tinglandi. Vagon xo'jaligi sohasidagi amaliy ishlar, olib borilayotgan ilmiy ishlari va innovatsion g'oyalari, turli muammolar va ularning yechimlari hamda o'zlarining qator takliflarini bildirishdi.

Uchrashuvda Elektromexanika fakul`tetida ko'p yillik ish tajribasiga ega bo'lgan yosh amaliyotchilar o'quv jarayoniga jalb qilinayotganligi, talabalar sohaga tegishli korxona va tashkilotlarda amaliyot o'tayotganligi e'tirof etildi. Shundan so'ng Texnika fanlari doktori professor Sherzod Fayziboevning vagon xo'jaligini rivojlantirish borasida institutda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan axboroti tinglandi.  

Tadbir yakunlangach Vagon xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i Ergash Axmedov “Vagonlar va vagon xo'jaligi” kafedrasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi va kafedra o'qituvchilari bilan hamkorlik masalalari bo'yicha kelishib oldi.

Axborot-tahliliy media markazi