O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Mijozlar ishonchi: Transport-tranzit salohiyatini rivojlantirish yo'lida

05.02.2020 630

Prezident Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida temir yo'lchilar oldiga ko'ygan dolzarb vazifalar va sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hamda Yurtboshimizning joriy yil 28 yanvar kunidagi transport tizimini samarali tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilishda berilgan ko'rsatmalarini ijro etish borasida joylarda qator amaliy ishlar o'tkazib kelinmoqda.

Jumladan, joylarda temir yo'l mutaxassislari hamda o'rta va kichik biznes vakillari ishtirokida amaliy seminarlar, jonli muloqot va qator tadbirlar bo'lib o'tmoqda. Unda yuk tashish jarayonlarini takomillashtirish, yangi yuk tashish yo'nalishlarini izlash, yuk xajmini oshirish, temir yo'l transportiga qo'shimcha yuklarni jalb qilib tranzit yo'laklarining salohiyatini rivojlantirish, mavjud muammolarni joyida hal qilish va qo'shimcha temir yo'l xizmat turlarini ko'paytirish masalalari ko'rib chiqilmoqda, temir yo'l tarmog'i va mijozlar o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni samarali rivojlantirish borasida fikr almashilmoqda.

Qayd etish lozimki, mazkur yo'nalishda “O'zbekiston temir yo'llari” AJ raxbariyatining 10.01.2020 yilgi farmoyishiga binoan bugungi kungacha Farg'ona, Namangan, Andijan, Kashkadaryo, Surxondaryo, Samarkand, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Korakolpog'iston Respublikasi tadbirkorlari bilan joylarda turli yig'ilish-tadbirlar o'tkazildi. Jumladan, kuni kecha, Urganch shaxar xokimligi binosida o'tkazilgan uchrashuvda viloyatda faoliyat yurituvchi 99 nafar tadbirkor, jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdi. Unda Urganch shaxar hokimi Sh.Abdullaev ishtirok etib, «O'zbekiston temir yo'llari» AJ rahbariyatiga samimiy va samarali hamkorlik uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi.

Yig'ilishda mijozlarga so'ralgan vagon turlarini o'z vaqtida yetkazib berish hamda yuklarni tushirish, ortish va qayta ortish jarayonlari, tashilayotgan yuklarni manziligacha yetib borishida butligini ta'minlash, tashkilot va korxonalar qaramog'idagi temir yo'l shahobchalaridan unumli foydalanish, vagonlarning bekor turib qolishini oldin olish chora-tadbirlari, yuk tashish qoidalari va talablari, ichki va xalqaro, shuningdek transportning boshqa turlari ishtirokida aralash (multimodal) tashishni tashkil qilish hamda temir yo'llarda yuk tashishlarning afzalliklari tushuntirilib, mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatish masalalari ko'rib chiqildi.

Bu va boshqa dolzarb masalalar muhokama etilib ijobiy yechim topishida bildirgan o'zaro taklif va mulohazalar asosida kelgusida servis xizmat ko'rsatish tizimini yanada yaxshilash yuzasidan mijozlar bilan kelishib olindi. 

Joriy yilning fevral oyida yurtimizning yana bir qator viloyat tadbirkor va ishbilarmonlar bilan uchrashuv tashkil etish rejalashtirilgan. Jumladan, poytaxtimiz Toshkentda hamda Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida.

Ta'kidlash lozimki, yuqorida qayd etilgan tadbirlar «O'zbekiston temir yo'llari» AJning o'tgan yil noyabr oyida tashkil etilgan yangi tarkibiy bo'linma – Logistikani rivojlantirish va raqamlashtirish Bosh boshqarmasi, Yuk va tijorat ishlari boshqarmasi, Tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi, «Yo’lreftrans» AJ mutahassislari, hamda joylardagi mutasaddi temir yo'l rahbarlari ishtirok etmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi