O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

IOS platformasi foydalanuvchilari uchun yangi dasturi

04.02.2020 775

Bugungi kundan boshlab "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tomonidan IOS platformasi foydalanuvchilari elektron chiptalarini xarid qilish uchun yangi "Uzrailways tickets" mobil darturini test rejimida ishga tushirdi (https://apps.apple.com/uz/app/uzrailways-tickets/id1497456207).

Yangi mobil dastur bir xil veb-resurs xususiyatlariga ega bo’lib (https://e-ticket.railway.uz/), boshqacha aytganda, elektron yo’l hujjatlari (chipta) lari rasmiylashtirilib, darhol elektron ro'yxatga olindi keyin Bundan tashqari, ilovada "Chiptani qaytarish" funksiyasi ham mavjud.  

Mobil dasturni takomillashtirish bo'yicha ishlar davom etayotganligini inobatga olib, o'z takliflaringizni Elektron tijoratni rivojlantirish bo'limining e-ticket@railway.uz. elektron pochtasiga yuborishingizni so'raymiz. Shuningdek, +998712997984 raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

Endilikda poyezdga chiptalarini shaxsiy smartfoningiz orqali UZCARD va HUMO bank kartlari bilan harid qilishingiz mumkin. 

Eslatib o'tamiz, Android platformasi uchun mobil dastur ham yangilandi va uni yuklab olish uchun esa quydagi  havolaga o’ting: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.axonlogic.uzrailway

Izoh: Mavjud elektron chiptalarini sotib olishda Visa va MasterCard kabi xalqaro to'lov tizimlar integratsiyasi bilan bog’liq ishlar olib borilmoqda.


 "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ