O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Yoshlar bilan ochiq muloqot

01.02.2020 1266

Markaziy temiryolchilar madaniyat saroyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar hamda joriy yilning 24 dekabr sanasidagi Yurtboshimizning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik rivojlanishning eng muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha milliy parlamentga navbatdagi, uchinchi murojaatida belgilangan vazifalardan kelib chiqib yoshlar tashabbuskorligini oshirish, taklif va muammolarini o‘rganish, ularni hal etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi vakillari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi vakillari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati, “Uzbekistan airways” AJ vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi vakillari, OAV hamda temir yo‘l tizimida faoliyat yuritayotgan 20 nafarga yaqin yoshlar yetakchilari, Kengashi raislari va 300 nafardan ortiq boshlang'ich tashkilot yetakchilari, 200 nafar tizim tasarrufidagi o'quv muassasalarining talaba va o'quvchilari ishtirok etdi. Unda so'zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari I.Mahkamov hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari F.Omonov Prezidentimiz SH.Mirziyoyevning 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar hamda joriy yilning 24 dekabr sanasidagi yurtboshimizning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik rivojlanishning eng muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha milliy parlamentga navbatdagi, uchinchi murojaatida belgilangan eng muhim vazifalar bo‘yicha tushuntirish berishdi. 

Tadbirda ishtirok etgan mutasaddi rahbarlar yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berishdi.

   

Shuningdek, so‘zga chiqqan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari U.Tursunkulov temir yo‘l tarmog‘i tizimida yoshlarga oid davlat siyosati borasida amalga oshirilgan ishlar hamda temiryo‘lchi yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma'lumot berdi. Shundan so‘ng temir yo‘l tizimida 2019 yil so‘nggida o‘tkazilgan “Eng yaxshi innovatsion g‘oyalar”, “Eng faol yosh mutaxassis”, “Yilning eng yaxshi yetakchisi” tanlovlari g‘oliblari “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati yetakchilar Kengashi raisi v.b. O.Sadriddinov esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3138–sonli Qarori hamda Jamiyat tizimida 2020 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosi to‘g‘risida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. 

Axborot-tahliliy media markazi