O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Rahbar va yoshlar: Yosh kadrlar tajribali mutaxassislarga biriktildi

31.01.2020 775

“Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzeli” unitar korxonasining faollar zalida  uzelning yetakchilar Kengashi tomonidan yosh kadrlar o'rtasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi loyihasi doirasida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Unda uzel rahbarlari  hamda unga qarashli barcha korxona va stantsiyalarda mehnat qilayotgan yosh kadrlar, yoshlar ittifoqi yetachilar Kengashi faollari ishtirok etib, dastlab uzel boshlig'i I.Farmonov ma’ruzasida, barchani joriy yilda bajarilishi lozim bo'lgan dastur va rejalar bilan tanishtirdi. Shuningdek, uzel va tasarrufidagi korxonalarda olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, yosh mutaxassislarni ishga jalb etish, ularni taklif va mulohazalarini o'rganib chiqish borasida qilinadigan ishlar bo'yicha korxona rahbarlariga, kadrlar bo'limi boshliqlariga va uzelning yoshlar ittifoqi yetakchilar Kengashi raisiga bir qator topshiriqlar berib o'tdi. Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan qilinishi lozim bo'lgan  ishlarni jadallashtirish zarurligini ta'kidladi. 

   

Mazkur uchrashuv Prezidentimizning 27 dekabrdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabida bo'lib o'tgan yoshlar bilan uchrashuvi chog'ida “Har bir rahbar, yoshlar bilan uchrashishi shart” degan topshirig'i ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etilganligi va yig'ilishni ochiq muloqot, savol-javob tariqasida olib borilishi taklif etildi.

Bunda yoshlar bevosita mehnat faoliyati davomida yuzaga kelayotgan barcha ishdagi muammolarni o'z vaqtida ijobiy hal etilishi hamda sohaga oid malaka oshirish borasida shart-sharoitlar yaratilishi kabi qator taklif va mulohazalar bilan murojaat etishdi. Ayrim berilgan takliflar yuzasidan esa atroflicha o'rganib chiqilishi va amalga oshirilishiga kelishib olindi. 

– Hozirgi kunda uzel  xodimlarining 40 foizini 30 yoshgacha bo'lgan kadrlar tashkil qiladi, – dedi I.Farmonov. – Birgina, o'tgan 2019 yilda uzel miqyosida 133 nafar yosh mutaxassis ishga qabul qilindi. Shundan, 81 nafari oliy, 51 nafari esa o'tra-maxsus ta'lim muassasalarini tamomlagan kadrlardan iborat. Bundan ko'rinib turubdiki, uzel tizimidagi korxona hamda stantsiya yetakchilari yangi qabul qilingan yosh mutaxassislar bilan alohida ishlashlari va ularga biriktirilgan ustozlari bilan qanday ish olib borayotganini doimiy nazoratga olishlari lozim bo'ladi. Ularni “ustoz-shogird” an'anasiga muvofiq har birini ko'p yillardan buyon ishlab kelayotgan mutaxassislarga biriktirish va ularga ish o'rgatish kabi masalalarni o'z vaqtida hal etish talab etiladi. Korxonalardagi yosh mutaxassislarning ish faoliyati bilan nafaqat yoshlar yetakchilari, balki korxona va kadrlar bo'limi boshliqlari  ham doimiy nazoratga olishlari darkor.

Ma'lumot o'rnida aytib o'tish joizki, o'tgan 2019 yilda “ustoz-shogird” tizimiga asosan stantsiyalardagi 17 nafar  tajribali mutaxassislarga biriktirilgan kadrlar o'z vaqtida imtihondan o'tganligi uchun eng kam ish xaqining 2 barobari miqdorida moddiy rag'batlantirildi.

Tadbir davomida “Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzeli” unitar korxonasi  bo'yicha “Yilning eng yaxshi yetakchisi – 2019” tanloviga Toshkent yuk vagon deposi korxonasining yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi B.Xudoyberganov, “Yilning eng yaxshi stantsiya yetakchisi – 2019” nominatsiyasiga “Chuqursoy” stantsiyasi yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilot yetakchisi B.Quramboev, “Yilning eng tashabbuskor yetakchisi – 2019” nominatsiyasi bo'yicha Xovos aloqa va signallashtirish korxonasi yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi K.Dolgovalar  munosib deb topildi.            

G'oliblar uzel boshlig'i tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.  Shuningdek, uzelning  korxona va stantsiyalarida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda hamda yoshlar bilan ishlashda alohida tashabbus ko'rsatganligi uchun bir nechta mutaxassislar tashakkurnoma bilan rag'batlantirildi.

Axborot-tahliliy media markazi