O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Boysun ko'mir konida toshko'mir qatlamiga yetib borilgan

30.01.2020 712

Yurtboshimizning bergan topshiriqlariga asosan, hozirgi kunda “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyatining o'z mablag'lari hisobiga Boysun ko'mir konining “Janubiy” qismida yiliga 50 ming tonnagacha toshko'mir qazib chiqarish bo'yicha “Sharg'unko'mir” AJ (pudratchi) tomonidan tog'-kon uskunalari, yer osti avtosamosvali, avtopogruzchigi va boshqa uskunalar keltirilib, yer osti kon lahmlarini o'tish ishlari amalga oshirilmoqda.

Boysun ko'mir konida toshko'mir qazib olish va sotish faoliyati bilan shug'ullanish va investitsiya loyihalarni amalga oshirish maqsadida, “Sharg'unko'mir” AJ ning “Boysun” uchastkasini sho''ba xo'jalik jamiyatiga aylantirish orqali “Sharg'unko'mir” AJ qoshida “Boysunko'mir” MCHJ tashkil etildi.

1990-1995 yilar mobaynida O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi (Davgeolqo'm) tomonidan Boysun ko'mir koni “Janubiy” qismida olib borilgan geologiya qidiruv ishlari natijasi bo'yicha tayyorlangan va tasdiqlangan hisoboti asosida “O'zko'mirsanoat ITLI” MCHJ (loyihalovchi) tomonidan Boysun ko'mir konining “Janubiy” qismida yiliga 50 ming tonnagacha toshko'mir qazib chiqarish bo'yicha ishchi loyiha ishlab chiqildi. Biroq, ishlab chiqilgan ishchi loyiha asosida yer yuzidan uzunligi 511 metr bo'lgan 1-sonli shtolnya o'tilganidan so'ng yer ostidagi geologik buzilishlar natijasida toshko'mir qatlamiga yetib borilmadi. Shu bois, Boysun ko'mir koni “Janubiy” uchastkasining sharqiy qanotidagi ko'mir qatlamiga aniqlik kiritish maqsadida, Davgeolqo'mga qarashli “Hisorgeologiya” DUK tomonidan bajarilgan qo'shimcha geologiya dala-qidiruv ishlarining natijasiga ko'ra, yer yuzidan uzunligi 592 metr 1-sonli shtolnyasi o'tilganidan so'ng toshko'mir qatlamiga yetib borildi.


Hozirgi kunda, yer osti ko'mir kon maydonini tayyorlab toshko'mir qazib chiqarish suratlarini oshirish maqsadida, toshko'mir qatlami orqali gorizontal va qiya kon lahmlari o'tilmoqda. “Sharg'unko'mir” AJ ma'lumotlariga ko'ra, “Boysun ko'mir konining “Janubiy” qismida yiliga 50 ming tonnagacha toshko'mir qazib chiqarish” loyihasi bo'yicha 2020 yil yakuniga qadar tog'-kon transportlari va boshqa uskunalar keltirilib, qurilish-montaj ishlari yakunlanadi va foydalanishga topshiriladi.

Qolaversa, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga yiliga 450 ming tonnagacha toshko'mir qazib chiqarish maqsadida “Boysun ko'mir konining “Markaziy” va “Sharqiy” qismida “Boysun” ko'mir konini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.

Bugungi kunda, ushbu loyiha bo'yicha tasdiqlangan texnik topshiriq asosida texnik-iqtisodiy asoslanishini o'z vaqtida ishlab chiqish hamda moliyalashtirishning dastlabki shartlari va manbalarini aniqlash uchun salohiyatli xorijiy investorlarni jalb qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, “Sharg'unko'mir” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan Sharg'un va Boysun ko'mir konidan qazib chiqarilayotgan SS va T markali sifatli toshko'mir mahsulotlarini eksport qilish masalasi ham ko'rib chiqilmoqda. Kelajakda, jamiyatning maqsadi Surxondaryo viloyatida yangi ko'mir konlarni ochib, mexanizatsiyalashtirilgan qazib olish texnologiyalarni qo'llagan holda sifatli toshko'mir qazib chiqarish suratlarini yanada oshirishdir.

Axborot-tahliliy media markazi