O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatiga O'zbekiston temiryo'lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining munosabati

26.01.2020 818

“O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyatining barcha korxona, muassasa va tashkilotlarining faollar zalida raxbarlar, kasaba uyushma qo'mitalarining raislari, ishchi-xodimlar ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaati ommaviy axborot vositalari orqali tinglandi.

Mazkur Murojaatnoma chuqur mazmun va katta ahamiyatga egaligi, yurtimizning barcha sohalariga aloqadorligi, ma'lumotlar taqqoslama va aniq raqamlarga asoslanib keltirilganligi barchada katta qiziqish uyg'otdi. Unda 2019 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, joriy va kelgusi yillarga mo'ljallangan ustuvor yo'nalishlar, ichki va tashqi siyosatning asosiy vazifalari bayon etilib, ulkan tashabbuslar ilgari surildi. 

Prezident Shavkat Mirziyoev ilm-ma'rifat va texnologiyalar rivojiga alohida ahamiyat qaratdi. Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma'naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko'tarish maqsadida, Prezidentimiz 2020 yilga “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nom berishni taklif etgani har bir fuqaro uchun kutilmagan yangilik bo'ldi desak xato bo'lmaydi. Chunki, hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. Taraqqiyotga erishish uchun, raqamli bilimlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. 

Prezident Murojaatnomasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini baholash bo'yicha yagona ko'rsatkichlar ishlab chiqish, yoshlar siyosatini baholashning milliy indeksini joriy etish kerakligi ta'kidlandi. Bu yil xotin-qizlar va yoshlarni qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yangi pog'onaga ko'tarilishi, yolg'iz keksalar bilan ishlash, ish vaqtida jabr ko'rganlarga to'lanadigan to'lovlarni qayta ko'rib chiqish borasidagi fikrlar bevosita kasaba uyushmalariga ham katta vazifalarni yuklaydi.

Hududlarda, ayniqsa qishloqlarda aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbayiga ega emasligi hech kimga sir emasligi takidlandi. Bugun, yangilanayotgan O'zbekistonda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, avvalambor, xalq manfaatlariga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo'lib, har bir soha ish faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Yangicha ma'no-mazmundagi bunday taraqqiyot yo'lida ijtimoiy sohaning alohida o'rni bor. Zero, aholining turmush farovonligini yuksaltirish, inson omiliga ustuvor ahamiyat qaratish izchil islohotlarning ma'no-mazmunini tashkil etadi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga murojaatnomasida transport-logistika sohasiga ham to'xtalib o'tdi: “Mahsulotlarimizni tashqi va ichki bozorlarga yetkazish, ularning tannarxini tushirish uchun eng katta masala – transport-logistika sohasini rivojlantirishimiz zarur. Temiryo'l sohasida yo'lovchi va yuk tashish, ekspluatatsiya va xizmat ko'rsatishni bir-biridan ajratiladi”, – dedi Prezident.

Shuningdek, Yurtboshimiz Murojaatnomada jamiyatimizning rivojiga to'sqinlik qilayotgan eng og'riqli masala – korruptsiya muammosiga to'xtalib, bu illat turli ko'rinishda namoyon bo'lib taraqqiyotimizga g'ov bo'layotganini aytib o'tdi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, 2020 yil uchun belgilab berilgan har bir ustuvor yo'nalishlarni bajarishda, temiryo'l sohasidagi ulkan rejalarni amalga oshirishda O'zbekiston temiryo'lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi va uning boshlang'ich tashkilotlari yuqori bo'g'indagi davlat idoralari va xamkor tashkilotlar bilan birgalikda yelkama-yelka turib Prezdentimiz tabiri bilan aytganda tarixning yangi saxifasini yaratishga tayyor ekanligini bildiradi.

Bir so'z bilan aytganda, ushbu Murojaatnoma orqali oddiy odamlar tilidagi, dilidagi gaplar, ularning dardu tashvishi aytildi, desak har tomonlama to'g'ri bo'ladi. Shuning uchun ham bugun barcha korxona va tashkilotlarda, katta-kichik davralarda unda aks etgan fikrlar qizg'in muhokama qilinmoqda. Odamlarning hayotga, ertangi kunga ishonchi yanada ortib, islohotlar jarayonida faol ishtirok etish istagi kuchaymoqda.

O'zbekiston temiryo'lchilari va transport quruvchilari 
kasaba uyushmasi Respublika Kengashi