O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

"L'Opinion" gazetasida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ to'g'risida maqola nashr qilinadi

26.12.2019 815

Klod Leblans  fransiyalik jurnalist, Fransiyada juda ommabop mustaqil kundalik axborot nashri  "L'Opinion" gazetasida "Osiyo" bo'limining bosh muharriri bo'lib faoliyat yuritadi. U yurtimizda bo'lib o'tgan parlament sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish jarayonini yoritish, shu jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar haqida xorijiy jamoatchilikni keng xabardor qilish uchun xorijiy jurnalist sifatida O'zbekistonga tashrif buyurdi.

O'zbekistonga tashrif chog'ida chet ellik mehmonning iltimosiga binoan "O'zbekiston temir yo'llari" AJda ham uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda jurnalist O'zbekiston temir yo'llarni rivojlantirish sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi va u bunga bejizga qiziqmadi. Sababi, hozirgi kunda K.Leblans geosiyosiy nuqtai nazardan dunyodagi temir yo'llarning rivojlanishi haqida kitob yozayapti.  

– O'zbekiston Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan bo'lib, Shimol bilan Janubni, G'arb bilan Sharqni bog'lashda muhim o’rin egallaydi, o'ziga xos chorraha vazifasini bajaradi, - deydi K.Leblans. – Dunyoning ko'plab mamlakatlarning iqtisodiyotini rivojlantirishda temir yo'llar muhim o’ringa ega. Aynan shuning uchun ham mamlakatingizda temir yo'llarning bugungi kundagi rivojlanishi, tranzit yo'laklarini shakllantirish, yuk tashish hamda yo'lovchi vagonlari, lokomotivlar parki va boshqalar meni qiziqtirmoqda.

Xorijlik jurnalistga uni qiziqtirgan barcha masalalar bo'yicha, xususan, temir yo'llar va uning tarkibiy bo'linmalaridagi o'zgarishlarning hozirgi bosqichi, temir yo'llarda yuqori tezlikda harakatlanishni rivojlantirish, mahalliy korxonalarda yo'lovchi poyezdlari va turli modifikatsiyadagi yuk vagonlarning qurilishi, lokomotiv parkni yangilash to'g'risida ma'lumot berildi. Shuningdek, mamlakatimizda tranzit tashish, jumladan, multimodal yo'nalishlar, temir yo'llarning jadal elektrifikasiyalanishi va yangi temir yo'llarni qurish bo'yicha qator loyihalar amalga oshirilayotgani hamda yana boshqalar haqida so'z yuritildi.

Suhbat so'ngida fransuz jurnalisti O'zbekistonda temir yo'l sohasida olib borilayotgan ishlar ko'lami bilan ta'sirlanib, temir yo'llar va ularning rivojlanishi mamlakatimizda iqtisodiyot ravnaqi va tinch-osoyishta hayot omili ekanligini alohida qayd etdi.

Axborot-tahliliy media markazi