O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Qo'shimcha "Afrosiyob" poyezdining qatnovi!

25.12.2019 1178

Fuqarolarimizning Yangi yil bayramini munosib kutib olish va dam olish kunlarida yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilib, maroqli hordiq chiqarishlariga imkoniyat yaratish maqsadida “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan Toshkent - Samarqand - Toshkent yo'nalishida harakatlanadigan №764/763 - "Afrosiyob" poezdining qo'shimcha 4 ta reysi yo'lga qo'yiladi. 

Mazkur reyslar 2019 yil 30, 31 dekabr hamda 2020 yil 1, 2 yanvar kunlari amalga oshiriladi.

IZOH:  Imtiyozli bo'lgan chiptalarni faqat temiryo'l kassalarida xarid etishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi. Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ