O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Qamchiq dovonida amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlar natijalari

22.12.2019 1056

Xabaringiz bor, Qamchiq dovonida qor ko'chkisi xavfi tufayli A-373 Toshkent - O'sh avtoyo'li bo'ylab avtotransport harakati vaqtincha to'xtatilgandi. 

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ tomonidan birinchi yordam ko'rsatish bo'yicha tegishli xizmatlar bilan bir qatorda dovondan o'tishga ulgurmagan odamlarni, yo'lovchilarni evakuasiya qilish uchun qo'shimcha yo'lovchi poyezdlarni jo'natish bo’yicha tezkor choralarni amalga oshirildi.

21-22 dekabr kunlari Toshkent – Angren – Orzu – Pop – Toshkent, Andijon – Toshkent – Andijon, Toshkent – Qo'qon – Toshkent, Ohangaron – Pop – Qo'qon kabi yo'nalishlar bo'yicha qo'shimcha yo'lovchi poyezdlar, shu jumladan shaharlararo elektrichkalar qatnovi yo’lga qo’yilgan. Ta’kidlash joiz, qo’shimcha poyezdlar qatnovi jadvali Farg'ona vodiysi bilan bog'laydigan temir yo'ldagi boshqa qatnov poyezdlarining harakat jadvaliga ta'sir ko'rsatmadi. 

Temiryo'lchilarning tezkor sa'y-harakatlari tufayli ikki kun davomida poyezdlar orqali murakkab dovon uchastkadan 10 ming nafardan ortiq yo'lovchi tashildi. Ushbu yo’nalishdagi har bir temir yo'l vokzalida yo'lovchilar uchun barcha sharoitlar yaratildi. Ona va bola xonalari xizmat ko’rsatdi, zarur tibbiy yordam ko'rsatildi. Birinchi navbatda tog'li hududidan poyezdlarda bolali ayollar va imkoniyati cheklangan insonlar olib ketildi. Poyezdlarda ham safar davomida yo'lovchilarning belgilangan manzillarga xavfsiz etkazib berish uchun sharoitlar yaratildi.




Axborot-tahliliy media markazi