O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Multimodal marshrutni rivojlantirish bo'yicha kelishuvga erishildi

22.12.2019 888

Joriy yilning 19-20 dekabr kunlari Toshkentda O'zbekiston Respublikasi transport vazirligi ishtirokida besh mamlakat – Ozarbayjon, Gruziya, Qirg'iziston, Turkmaniston va O'zbekiston temir yo'llari rahbarlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi.



Birinchi uchrashuv doirasida ishtirokchilar "Osiyo-tinch okeani mamlakatlari – Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston – Turkmaniston – Ozarbayjon – Gruziya – Yevropa" xalqaro multimodal marshrutini rivojlantirish bo'yicha mazkur tadbirning ahamiyati, konteyner poyezdlarini jadallik bilan o'tkazish va yagona tariflarni qo'llash bo'yicha yagona yondashuvlarni ishlab chiqish bilan kelishdilar, bu esa nafaqat Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari o'rtasida, balki Yevropa va Osiyo qit'asining boshqa davlatlari bilan savdo hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Shu munosabat bilan tomonlar yuk hajmlarini o'zaro ko'paytirish va marshrutni rivojlantirish bo'yicha kelishilgan chora-tadbirlarni qabul qilishga kelishib oldilar.

"Qashg'ar – O'sh (avtomobil transportini jalb etgan holda) – Andijon – Farob – Turkmanboshi porti – Olot – Gardabani porti" yo'nalishi bo'yicha yuk tashish hajmini oshirish, logistika infratuzilmasini rivojlantirish, so'ngra Gruziya yoki Ohangal – Kars – Turkiya portlari yo'nalishlari bo'yicha masalalar ko'rib chiqildi. 

Uchrashuv so'ngida tomonlar konteyner poyezdlariga qatnashchilar tomonlarining hududlari yo'nalishi bo'yicha raqobatbardosh maxsus tranzit tariflarini (shu jumladan, dengiz orqali tashuvlarni) qabul qildilar.

Bundan tashqari, ishtirokchilar o'z mamlakatlarining chegara va bojxona idoralari bilan yuklarni tez o'tkazish masalasini ishlab chiqmoqdalar. 

Marshrutni rivojlantirish bo'yicha erishilgan qarorlarni tezkor ijro etish maqsadida uchrashuv ishtirokchilari O'zbekiston Respublikasi transport vazirligi raisligida ishtirokchi mamlakatlar temir yo'llari rahbarlari tarkibida Muvofiqlashtiruvchi qo'mitani tashkil etishga kelishib oldilar. 

2020 yilning birinchi choragida multimodal yo'l bo'ylab birinchi uchuvchi konteyner poyezdini tashkil etish rejalashtirilgan.


Axborot-tahliliy media markazi