O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Vaqtinchalik qo'shimcha poyezd qatnovi yo'lga qo'yildi

21.12.2019 1353

2019 yil 21 dekabr kuni A-373 “Toshkent  O'sh” avtomobil yo'lida qor ko'chkisi xavfi mavjud bo'lganligi bois, avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to'xtatilgan. 

Shu sababli, “O'zbekiston temir yo'llari”AJ tomonidan Farg'ona vodiysiga  va Toshkent shahriga qarab avtotransportda yo'lga chiqqan yo'lovchilarni  Pop stantsiyasiga yetkazib qo'yish hamda Toshkent shahriga olib kelish uchun vaqtinchalik qo'shimcha poezd qatnovi yo'lga qo'yildi. Toshkent – Angren – Orzu – Pop – Toshkent yo'nalishida harakatlanayotgan mazkur poezd 2019 yil 21 dekabr kuni soat 11:30 da Toshkent Janubiy vokzaldan jo'natildi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ