O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Qishki ta'tildagi chegirmalar xususida izohi

18.12.2019 1033

Yo'lovchilar, xususan, talabalar hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o'quvchilaridan kelib tushayotgan murojaatlar soni ortib borayotganligi sababli, qishki ta’til vaqtida mahalliy yo’nalishdagi poyezdlarga (borib-kelishga) taqdim etilayotgan imtiyozlar xususida quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Ta'kidlash lozimki, har yili ikki haftalik qishki ta'til o'tkaziladigan kunlarda O'zbekiston Respublikasi OTM talabalari hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari o'quvchilari uchun qishki ta’til vaqtida taqdim etiladigan chegirmalar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga (1992 yil 22 dekabrdagi PF-517-sonli) muvofiq yilning oxirgi to'rt kun va yangi yilning birinchi o'n kuni davomida belgilangan. 

Yuqoridagilarni inobatga olib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 dekabrdagi 14/1-3688-sonli bayoniga muvofiq, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar talabalari va o’quvchilarining doimiy  yashash  joylariga borib kelishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 14.12.2019 – 20.12.2019 yil va 02.01.2020 dan 07.01.2020 yilgacha bo'lgan davr uchun chiptaning tarif qismidan 50% miqdorida chegirma beriladi.

Avval rasmiy e'lon qilingan muddat (ya’ni, 16.12.2019 y.dan 22.12.2019 yilgacha hamda 28.12.2019 yildan 06.01.2020 yilgacha) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bayonnomasi imzolanishidan oldin belgilanganligini ma'lum qilamiz. 

Yo'lovchilar bilan "O’ztemiryo'lyo'lovchi" AJ o'rtasida yuzaga kelgan tushunmovchiliklar sababli va keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

IZOH: Agar siz temir yo'l kassalarida chiptalarni harid qilish paytida savollar tug'ilsa, iltimos, (71) 299-98-80 telefon raqamiga murojaat qiling.

"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ