O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Yangi yilda - yangi yo'nalishlar

16.12.2019 2145


Yo'lovchilarga qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tomonidan xalqaro yo'nalishlarda ikkita yangi yo'nalish tashkil qilindi.

Joriy yilning 13 dekabridan boshlab №№350/349-sonli poyezd Termiz – Moskva – Termiz yo'nalishi bo'yicha qatnay boshladi. Shuningdek, tarmoq temiryo'l jadvalidagi yangi yo'nalishlardan, 2020 yil fevral oyidan boshlab Andijon – Ufa – Andijon yo'nalishidagi (№№371/372-sonli) poyezd qatnovi boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, davlatlararo poezdlarning yo'lovchilari uchun maxsus chegirmalar mavjud. Xususan, oldindan sotib olish muddatiga ko’ra chipta tarifining 55% gacha chegirma mavjud.

IZOH: Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

"O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ