O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Saylovlar xalq xohish-irodasining ifodasidir

13.12.2019 1661

“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida O'zbekiston Respublikasi Oliy majlis qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar tashkil etilganligi munosabati bilan “Saylovlar xalq xohish-irodasining ifodasidir” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. 

Uchrashuvda Personalni boshqarish va kadlar tayyorlash boshqarmasi boshlig'i M.Mamasidikov, Toshkent Davlat yuridik universiteti professori X.Muxamedov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya unversiteti prorektori, yuridik fanlar doktori G.Ismailova, Yurik xizmati boshlig'i Y.Nazarov hamda boshqarma rahbarlari va ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.

Yuridik fanlar doktori G.Ismailova va professori X.Muxamedovlar so'zga chiqib, joriy yilgi saylovlar biz qurayotgan huquqiy demokratik davlatning kelajagi hamda asosiy negizi ekanligi, unda barcha fuqarolar konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda faol ishtirok etishi, shuningdek, o'z xohish-irodasiga muvofiq ovoz berishlarini alohida ta'kidlashdi. Jumladan, saylovlar ilk bora yangi Saylov kodeksiga muvofiq ravishda olib borilayotgani, bunda fuqarolarga qulay sharoitlar yaratilgani, oxirgi 10 kunlikdan muddatdan oldin ham ovoz berish tizimi tashkil etilganligi va saylashning tartib-qoidalari to'g'risida tushunchalar berib o'tildi. Shuningdek, joriy yilgi saylov jarayoni butun dunyo nigohida ekanligi, xorijdan kelgan 700 nafarga yaqin komissiya a'zolari tomonidan kuzatilishi va tahlil etilib, mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat barpo etilganligiga  alohida beradigan xolis baholari to'g'ridan-to'g'ri dunyo va mahalliy ommaviy axborot vositalaridan jonli efir orqali ham namoish etib borilishini alohida aytib o'tishdi. Ushbu saylovlarda davlat va jamiyat taqdiriga, Vatan ravnaqi va xalq manfaatlariga befarq bo'lmagan, ilg'or fikrli, tashabbuskor, xalq dardini o'z dardi, deb biladigan nomzodlarga ovoz berish muqarrarligini ta'kidlashdi.

Tadbir so'nggida  ishtirokchilar saylov to'g'risida o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to'laligicha javob olishdi.

Axborot-tahliliy media markazi