O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Saylovchilar uchun barcha sharoitlar yaratildi

12.12.2019 1541

M'аlumki, mamlakatimizda joriy yilning 22 dekabr sanasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi bo'lib o'tadi.

Bugungi kunda “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati va uning tasarrufidagi Toshkent shahridagi korxona, tashkilot va muassasalarida samarali mehnat qilib kelayotgan 30 nafardan ortiq temiryo'lchilar O'zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik, O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik, O'zbekiston Xalq demokratik, O'zbekiston Liberal-demokratik va O'zbekiston ekologik partiyalariga o'z nomzodlarini qo'yishlari bilan birga, saylov oldi targ'ibot va tashviqot ishlarida faol qatnashishmoqda. 

Xususan, Markaziy temiryo'lchilar madaniyat saroyida ham 6-Turkiston saylov okrugi tashkil etilib, Jamiyat boshqarmasi va unga qarashli yetakchilar Kengashi tomonidan  kerakli jihozlar bilan ta'minlandi. Jumladan, zamonaviy kompyuter, telefon, faks, televizor, davlat ramzlari, aholiga nomzodlar va saylovlar to'g'risida to'liq ma'lumotlarni taqdim etishga mo'ljallangan stentlar va plakatlar sifatli tayyorlanib, barchasi hozirlab berildi. 

Shuningdek, u yerda  4 ta saylash xonasi tashkil etilib, hatto imkoniyati cheklangan fuqarolarning saylov jarayonlarida faol ishtirokini ta'minlash uchun alohida sharoitlar va ko'zi ojiz kishilarga esa maxsus Brayl alifbosida nomzodlarning ro'yxati va ular to'g'risida ma'lumotlar ham hozirlab qo'yildi.

Mazkur saylov uchastkasida “Salar” mahallasida yashovchi 2 ming 630 nafar fuqaro ro'yxatga olinib, ularning yashash manzili va shaxsini tasdiqlovchi kerakli ma'lumotlarning elektron variantlari shakllantirildi. Shu bilan birga saylovchilar ro'yxatida birinchi marta saylovda ishtirok etuvchi va yotib qolgan bemorlar hamda xorijga chiqib ketgan fuqarolar ham o'rin olgan. Bu ro'yxatga olingan saylovchilarning 50 nafaridan ortig'ini temir yo'l sohasida mehnat qilib kelayotgan soha xodimlari tashkil etadi. 

Muxtasar qilib aytganda, xalqaro standartlar, printsiplar asosida ochiq-oshkora, shaffof o'tkazilishi kutilayotgan bu muhim siyosiy jarayonda temiryo'lchilar faol ishtirok etadilar va mamlakatimiz kelajagi rivojida o'z hissalarini qo'shmoqchi bo'lgan munosib nomzodlarga o'z ovozlarini berishadi.

Axborot-tahliliy media markazi