O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Bayram chegirmalari!

05.12.2019 2969


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 noyabrdagi PF-5875-sonli “2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati 2019 yilning 31 dekabr – 2020 yilning 2 yanvar kunlari mahalliy yo'nalishlarda yo'lovchilarga chegirmalar taqdim etadi:

- Nafaqaxo'rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan – 50%;

- Oliy o'quv yurtlari talabalari, maktab o'quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta'lim muassasalari talabalari – 15%;

-  Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo'lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to'lmagan bolasi bo'lgan ona) (nikox guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15%;  

- Kollektiv (hamkasablarga) (4 kishidan ortiq - yo'riqnoma asosida)  – 15%;

- "Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo'lovchilarga - 10%.

IZOH:  Imtiyozli bo'lgan chiptalarni faqat temiryo'l kassalarida xarid etishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi. Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi  1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

"O'ztemiryo'lyo'lovchi" АJ