O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Мetroning Yunusobod yo'nalishidagi ikkinchi tunnelda burg'ulash ishlari yakunlandi

04.12.2019 2137

“O'zbekiston temir yo'llari” AJ tasarrufidagi  “Toshkent metropoliteni”  unitar korxonasining Yunusobod yo'nalishida olib borilayotgan yangi yer osti qurilish liniyalarining ikkinchi tunnelida burg'ulash ishlari yakuniga yetkazildi.

Hozirgi kunda  Yunusobod linniyasining o'ng tunnelida  burg'ulash ishlari tugatilib, mavjud bo'lgan “Shahriston” bekati bilan ulash ishlari boshlab yuborildi.

Muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini sozlash, mavjud bo'lgan “Shahriston”  hamda qurilayotgan  “Turkiston”  va  “Yunusobod” bekatlarini birlashtirish, shuningdek, temir izlarini yotqizish ishlari qizg'in davom ettirilmoqda. Umuman olganda, bugungi kunga kelib, ushbu qurilish loyihasi doirasida amalga oshirilgan umumiy ish hajmining 90 foizdan ortig'i bajarildi. Qurilish belgilangan jadvalga muvofiq amalga oshirib kelinmoqda va joriy yil oxiriga qadar “Turkiston” bekatiga sinov tariqasida poezdlar qatnovi yo'lga qo'yilishi rejalashtirilgan. 2020 yilda esa yo'lovchilar uchun poezdlar harakatini yo'lga qo'yilishi kutilmoqda.


Axborot-tahliliy media markazi