O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Poytaxt metropolitenida elektr ta’minotida uzilishi bo’yicha izoh

27.11.2019 1856

Bugun,  2019 yil 27 noyabr kuni, Toshkent metropolitenining O’zbekiston yo’li bekatlarini elektr bilan ta’minlovchi elektr nimstansiyalarida qisqa muddatli uzilish holati ro’y berdi. Soat 10:42da metropolitenning “G’ofur G’ulom” va “Alisher Navoiy” bekatlarida chiroqlar o’chib yondi va eskalatorlar harakatdan to'xtadi. Oradan bir daqiqa o’tgandan so’ng, soat 10:43da elektr ta’minotining barqarorligi tiklandi. Ta'kidlash kerak, harakat tarkiblarining elektr ta’minot manbai boshqa bo'lgani sababli, ushbu holat poyezdlar harakati jadvaliga ta'sir ko'rsatmadi.

"Toshkent metropoliteni" UK