O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

“UzXCMG” O'zbekiston – Xitoy qo'shma korxonasi: yangi turdagi og'ir sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda

25.11.2019 2516

Urganch shahrida gidravlik ekskavatorlar va boshqa qurilish uskunalarini shlab chiqarish, ular uchun ehtiyot qismlar tayyorlash  va ta'mirlashga ixtisoslashgan “UzXCMG” O'zbekiston – Xitoy qo'shma korxonasi jamoasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy va sifatli og'ir sanoat mahsulotlaridan mamlakatimizning turli hududlarida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarida unumli foydalanilmoqda.

“UzXCMG” MCHJ qo'shma korxonasi qariyib besh yildirki o'z faoliyatini davom ettirib, yildan yilga sotilayotgan texnikalar soni va turlarini oshirib, ishlab chiqarishda olg'a qadamlar bilan bormoqda. Korxonada ayni vaktda 40 dan ortiq turli rusumdagi qurilish, melioratsiya va yo'l qurilish texnikalari ishlab chiqarilmoqda. 2019 yilning ikkinchi yarmidan boshlab esa yangi yo'nalish – og'ir tog'-kon sohasida ishlaydigan katta xajmdagi ekskavatorlar (cho'mich sig'imi – 6 m3), ko'p hajmli yuklarni tashish uchun 60 va 120 tonna yuk ortish imkoniyatiga ega bo'lgan avtosamosvallar, yuk ko'tarish qobiliyati 50 tonnadan va 100 tonnagacha bo'lgan avtokran texnikalarini yig'ish va ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.    

Bugungi kunda korxona ishchi-xodimlarini malakasini oshirish, ish unumdorligini yaxshilash borasida 16 ta xodim Xitoy Xalq Respublikasining  Syuychjou shahridagi “XCMG” korporatsiyasiga ikki oylik malaka oshirish kurslariga jo'natildi va o'qishni davom ettirishmoqda. 2019 yil davomida korxonada ekskavatorlarni butlovchi qismlari bo'lgan strela, rukayat, kovsha, yuqori va pastki rama bo'laklarini  ishlab chiqarishda zarur bo'ladigan kantovatel, gaykavort, elektropayvandlash, bo'yash va quritish, shuningdek, umumiy qiymati 5,4 million AQSH dollari miqdoridagi bir qancha asbob-uskunalar olib kelinmoqda. Mahalliy ishlab chiqarish dasturini qo'llab quvvatlagan holda payvandlash konstruktsiyalarini o'zimizda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishdan tashqari akkummulyatorlar, kabina oynasi, faralar, glushitel va turli-xil tutqichlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlik yo'lga qo'yildi. Korxonaning buyurtmalar portfelini shakllantirishda har yili Toshkent shahrining “O'ZEKSPOMARKAZ” milliy ko'rgazma kompleksida bo'lib o'tadigan sanoat yarmarkasi va kooperatsion birja ko'rgazmasida qatnashib xaridorlar bilan shartnomalar rasmiylashtirilmoqda. 

Axborot-tahliliy media markazi