O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Yangiyo'ldagi piyodalar yer usti ko'prigi masalasiga izoh

24.11.2019 2114

Ijtimoiy tarmoqlarda xalqni chalg'ituvchi ma'lumotlar tarqalmoqda. Jumladan, @SizdanTelegram©da joylashtirilgan videoda kadr ortidagi yigit piyodalar yer usti ko'prigining yopilishi munosabati bilan mahalliy aholi vokzaldagi temir yo'lda turgan yuk poyezdining vagonlari ostidan o'tishga majbur bo'layotganidan shikoyat qilmoqda.

Ta'kidlash lozimki, hozirgi kunda ushbu xududda ikkita yer usti piyodalar ko'prigi mavjud, ya'ni - eski hamda yangi, zamon talablari, me'yor va standartlarga muvofiq qurilayotgan temirbeton ko'prigidir. Yangi ko'prik qurilishi davrda stantsiyasidagi perronlar kapital ta'mirlandi, Yangiyo'l vokzali ham qayta ta'mirlangan. 

Mavjud bo'lgan eski ko'prik aslo yopilgani yo'q va foydalanish uchun ochiq. Videodagi vagonlar ostida o'tayotgan axoli esa temiryo'ldan o'tishdagi xavfsizlik qoidalarini buzayotgani bir yaqqol misoldir. Videodagi stansiya xodimlari yo'l qo'yilayotgan qoidabuzarlikni bemalol kuzatib turayotnliklari, buning sabablari o'rganiladi va ularga nisbatan tegishli choralar qo'llaniladi.

Shu bilan birga shuni t'kidlash lozimki, video ortida sharhlovchi yigit vaziyatni yaxshi tushunmasdan izoh berishi va temiryo'lchilarni qo'pol so'zlar bilan xaqoratlashi Qonun oldida javob berishi mumkinligini yeslatib o'tamiz!

Aziz fuqarolar, o'z xavfsizligingizgi o'ylab temir yo'llarni faqat belgilangan va maxsus joylaridan kesib o'tishingizni so'raymiz! Unutmang, Sizni uyingizda oilangiz kutmoqda!

Axborot-tahliliy media markazi