O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Sharg'un: Ulkan bunyodkorlik va yangilanish shaharchasi

25.09.2019 424

Joriy yilning 30 aprel – 1 may kunlari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumaniga bo'lgan tashrifi chog'ida Sharg'un shahrining qiyofasini tubdan o'zgartirish va mahalliy aholi uchun munosib turmush sharoitni yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlarni bergan edilar.

O'tgan qiska davr mobaynida bu yerda ulkan bunyodkorlik ishlar amalga oshirilib shaharcha yangicha ko'rinishga ega bo'ldi. Shu kunlarda “Obod shahar” dasturi bo'yicha obodonlashtirish ishlari doirasida “Konchilar maydonchasi”ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Shahar markazida joylashgan ushbu maskanda o'rnatilgan ramziy shaxtyorlar monumenti barchada iliq taassurot uyg'otdi. 

Tadbirida Sharg'un shahar hokimi SH.Xidirov, “O'zbekiston temir yo'llari” AJ boshqaruv raisi o'rinbosari X.A.Omonov, “O'zbekko'mir” AJ bosh direktori o'rinbosari X.N.Abdullaev, “Termiz mintaqaviy temir yo'l uzeli” UK bosh muhandisi T.J.Xamraev, “Sharg'unko'mir” AJ bosh direktori A.X.Ochildiev va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari, faxriy temiryo'lchilar, turli mutasaddi tashkilot ishchi-xodimlari hamda konchi mehnat faxriylari ishtirok etdilar. Tantanali ochilish marosimida yurtimizning bir qancha taniqli davlat arboblari, san'at ustalari ham ishtirok etdilar.

Tantanali marosimda keyingi yillarda mamlakatimizning chekka va olis hududlari ulkan bunyodkorlik maydoniga aylanib, shahar va qishloqlarda odamlarning bugungi kunidan rozi bo'lib yashashi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilayotgani alohida ta'kidlandi. Juda qisqa muddat – to'rt yarim oyda, ko'p millatli konchilar shahrining qiyofasi tubdan o'zgargani ham bunga yaqqol misol bo'ldi. Qariyib 12 ming aholi yashaydigan shaharchada o'nga yaqin millat vakillari ahil-inoq hayot kechirmoqda. 

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari Sharg'un shahridagi “Birodarlik qabristoni”da 6 oy mobaynida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar va mazkur xududni obodonlashtirish va hozirgi holatiga keltirilishiga “O'zbekiston temir yo'llari” AJ hamda “Sharg'unko'mir” AJ xam o'z hissasini qo'shishi alohida qayd etilib, boshqarma rahbariyatga aloxida minnatdorchilik bildirdilar.

– Sokin bu manzilda shahrimizda yashagan o'ndan ortiq millat vakillari mangu qo'nim topgan, – deydi faxriy konchi S.Kenjaev. Qariyb o'ttiz yil shaxtada ishlab, ko'mir qazidim. Biroq shaharga ham, shaxtyorlarga ham bunaqa e'tibor bo'lganini ko'rmaganman. Qarang, shahrimiz qanday go'zal bo'lmoqda. Shaxtyorlarga yaratilayotgan sharoitlarga havasingiz keladi. Hatto o'tganlarning ruhi shod etilib, qabriston ham obod go'shaga aylantirilibdi. Bu ishlar har bir inson qadrini ulug'lash va o'tganlar ruhini e`zozlashdek buyuk qadriyatlarimiz yanada keng quloch yozayotgani ifodasidir.

Axborot-tahliliy media markazi