O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida AQShlik professor dars beradi

20.09.2019 571

2019 yil 18 sentyabr kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasi bilan hamkorlikda brifing o‘tkazildi. Brifingda institut rahbar va xodimlari, professor-o‘qituvchi va talabalar, O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi vakillari ishtirok etdilar. Marosimning asosiy maqsadi “Mutaxassislar uchun Fulbrayt dasturi (Fulbright Specialist Program (FSP)” va Fulbright muhandislik loyihasi nomzodi, falsafa doktori Samanta Chadwick bilan tanishtirishga qaratildi.

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasining madaniy ishlar va ta’lim masalalari bo‘yicha maslaxatchisi Djoanna Kramb hozirgi davrga qadar O‘zbekiston ta’lim tizimi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar haqida so‘zladi va yig‘ilganlarni institutda tashkil etilayotgan qisqa muddatli o‘quv dasturidan ko‘zlangan maqsad bilan tanishtirdi. AQSh Davlat departamenti tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan almashuv loyihalari, jumladan “Fulbrayt Dasturi”dagi faol ishtiroki uchun Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti rahbariyatiga va hususan “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi mudiri M.M.Agzamova va kafedra assistenti D.R.Umarovalarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida tashkil etiladigan qisqa muddatli (16 sentyabr – 19 oktyabr) “Fulbrayt Dasturi”ning “Transport logistik menejment” xalqaro loyihasi o‘quv dasturi yuzasidan institut faollari o‘z munosabatlarini bildirdi. Tashrif davomida Djonna Kramb va Samanta Chadwick institutning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Yadgor Ruzmetov hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Abdulaziz Gulamovlar bilan uchrashdi.

Toshkent temir yo'l muxandislari 
institutining matbuot xizmati