O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

“Keles” stansiyasi butunlay qayta ta’mirlandi

19.09.2019 448

Keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish maqsadida «Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli» unitar korxonasi tasarrufidagi stansiyalarni bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.


«Keles» respublikamizning qo‘shni davlat bilan temir yo‘l orqali bog‘laydigan chegara hududiga yaqin stansiyalardan biridir. 2019 yil yanvar oyida ushbu stansiyada belgilangan rejaga ko‘ra ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan edi.


- «Keles» mamlakatimizning eng ko‘rkam va barcha sharoitlarga ega 3-klass turiga mansub stansiyalaridan biriga aylandi,- deydi stansiya boshlig‘i Rustam Mahamadjonov. - Joriy yilning o‘tgan vaqti mobaynida stansiyaning asosiy binosi tashqi va ichki qismi, ishchi-xodimlar xonalari tubdan ta’mirlandi. Unda xonalarga 14 ta zamonaviy sovitish va isitish uskunalari ta’minlandi va yangi jihozlar  o‘rnatilib, ko‘rkam gilamlar to‘shaldi, ishchi-xodimlarimiz to‘liq kompyuter  texnikalariga ega bo’lishdi. Faoaliyat ko‘rsatayotgan temiryo‘lchilarning nazariy bilimi va tajribasini oshirish maqsadida o‘quv xonasi, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun esa o‘quv poligoni ham tashkil etildi. 

Takidlash lozimki, stansiya hududida joylashgan yo‘l ustalarining dam olish binosi, o‘quv va yuvinish  xonalari qayta ta’mirlanib, yangi mebel  jihozlari o‘rnatildi. Atrof esa panjarali to‘siqlar bilan o‘ralib, archa va manzarali ko‘chatlar, anvoyi gullar ekilib obodonlashtirildi. 

Quvonarlisi aholiga qulaylik yaratish maqsadida stansiya hududida joylashgan yo‘lovchilar o‘tish yo‘lagi ham to‘liq ta’mirlanib, usti zamonaviy qoplama bilan yopildi. 

Axborot-tahliliy media markazi