O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

ShHTga a'zo davlatlar temir yo'l ma'muriyatlari rahbarlarining uchrashuvidan oldin Ishchi guruhning ikkinchi uchrashuvi bo’lib o’tmoqda

17.09.2019 429

Qozog'iston Respublikasining Nur-Sulton shahrida 19 sentyabr  kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar temir yo'llari ma'muriyati rahbarlarining uchrashuvi bo'lib o'tadi. Mazkur uchrashuv arafasida 17-18 sentyabr kunlari ishchi guruhining yig'ilishi bo'lib o'tishi belgilangan.

Yig'ilishda ShHTga a'zo davlatlarning temir yo'l ma'muriyatlari (temir yo'llar) o'rtasidagi o'zaro hamkorlik kontseptsiyasi loyihasi, ishchi guruh to'g'risidagi Nizom va temir yo'l ma'muriyatlari rahbarlarining 2019-2021 yillarga mo'ljallangan uchrashuv ish rejasi muhokama qilinadi.  

Nur-Sulton shahrida bo'lib o'tadigan yig'ilishda SHHTga a'zo sakkizta mamlakat delegatsiyalari hamda Shanxay hamkorlik tashkilotida kuzatuvchi davlat Belarus Respublikasi vakillari ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar temir yo'llari ma'muriyati rahbarlarining birinchi uchrashuvi 2018 yilning sentyabrida Toshkent shahrida bo'lib o'tgan edi. ShHT doirasidagi hamkorlikning mazkur yangi formatiga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan shu yil iyun oyida Xitoyning Sindao shahrida o'tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari uchrashuvida asos solindi. Mazkur uchrashuvlar transport-logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, tashkilotiga a'zo davlatlarning tranzit salohiyatidan maksimal darajada foydalanish uchun muhim loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Axborot-tahliliy media markazi