O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Toshkent Yevropa Harakatlanish Haftasi va Avtomobilsiz Kunning rasmiy ishtirokchisiga aylandi

14.09.2019 602

2019 yilda Toshkent birinchi marta har yili 16-22 sentabr kunlari bo'lib o'tadigan va dunyoning 50ga yaqin mamlakat ishtirok etadigan Yevropa Harakatlanish Haftasining rasmiy ishtirokchisiga aylandi. Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi Delegasiyasi ko'magida Toshkent shahri Hokimiyati Toshkentda bo'lib o'tadigan Yevropa Harakatlanish Haftasi doirasidagi tadbirlarning tashabbuskori hisoblanadi. 

16-22 sentabr kunlari poytaxtda turli xil harakat usullarini targ'ib qilish va ommalashtirish orqali aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalashtirilgan. Tashkilotchilar poytaxt aholisi va mehmonlarini ikkita kampaniyada ishtirok etishga taklif qilmoqdalar: 

Bepul metro kuni
2019 yil 19 sentabr, Toshkent metrosining barcha stansiyalari 

Bizning metroning umumiy uzunligi 37 km-dan ko'proq bo'lgan 29 ta stansiyali yer osti tizimi go'zalligi noyob va dunyoda tengi yo'q. Shu bilan birga, u kengayib borib, yo'lovchilarga zamonaviy, qulay va tezkor harakatlanishni taklif etadi. Biroq, ko'p millionli poytaxt uchun kuniga 200ming kishilik yo'lovchi oqimi dunyoning boshqa poytaxtlariga nisbatan juda past. Bundan tashqari, shuni ta'kidlash kerakki, metro ekologik toza va iqtisodiy transport turidir.  

Metrodan foydalanishni ommalashtirish uchun 19 sentabr kuni metroda sayohat bepul bo'ladi. Shu kuni stansiyalardagi o'tishlar musiqachilar, aktyorlar va boshqa ko'ngilochar dasturlarning sahnasiga aylanadi. Aksiya tashkilotchilari poytaxt aholisi shu kuni o'z mashinalarini qoldirib, ishxonalariga metroda borishga qaror qilib ushbu transport turining tejamkorligi va tezligini yuqori baholashadi deb umid qilishmoqda. 

Avtomobilsiz kun
22 sentabr, Toshkent sh., Lutfiy ko'chasi

22 sentabr kuni poytaxt aholisi va mehmonlari o'zlarining mashinalarini tashlab, poytaxtning Uchtepa tumani, Lutfiy ko'chasi bo'ylab piyoda sayr qilishga taklif etiladi. Ishtirokchilar bayramona muhitdan zavqlanib, turli ko'ngilochar va ma'rifiy tadbirlarda qatnashishlari uchun ko'cha kun bo'yi avtomobillar uchun yopiq bo'ladi. Shu kuni shaharda harakatlanish, xavfsizlik, piyodalar, velosipedchilar va haydovchilar o'rtasidagi o'zaro hurmatning muhimligi mavzusida master-klasslar va mini-musobaqalar bo'lib o'tadi. Avtomobilsiz kun "Seul" bog'idagi bayram konserti bilan yakunlanadi. Ushbu kun tadbirlari "Birga yuramiz!" shiori ostida o'tkaziladi.  

joriy yilda Yevropa Harakatlanish Haftasiga dunyoning 2450dan ortiq shaharlari qo'shildi. Ishtirokchilar soni tobora ko'payib borayotgani dunyoning tobora ko'proq shaharlari barqaror shahar transportini rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish zaruriyatini his qilayotganligini tasdiqlamoqda. Barqaror shaharsozlik va yo'l harakati xavfsizligini oshirish bo'yicha Yevropaning muvaffaqiyatli tajribasi bilan bo'lishishdan mamnunmiz " 


Qo'shimcha ma'lumot uchun:

Toshkent shahar hokimligining matbuot xizmati

Tel: (71) 210-01-63
Elektron pochta: info@tashkent.uz
Veb sayt: www.tashkent.uz/ 

Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi

Tel: (78) 120-16-01/02/03 
Elektron pochta: delegation-uzbekistan@eeas.europa.eu  
https://eeas.europa.eu/delegations/uzbekistan