O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Yangi o‘quv yili ko‘tarinki ruhda boshlandi

05.09.2019 412

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida istiqlolimizning 28 yilligi hamda 2019-2020 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari O'.Tursunqulov anjuman ishtirokchilarini Vatanimiz mustaqilligining 28 yilligi bilan samimiy tabriklab, institut jamoasiga va talabalik baxtiga musharraf bo‘lgan yigit-qizlarga omadlar tiladi. U o‘z nutqida talabalar avvalo kuchli bilimga ega bo‘lishni, temir yo‘l tizimidagi islohotlar va bu o‘zgarishlarda yoshlarning o‘rnini, qolaversa, istiqlolimizga munosib yoshlar bo‘lish lozimligini ta’kidlab, o‘z tavsiyalarini berdi. Shundan so‘ng, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti rektori M.Rasulov yig‘ilish ishtirokchilarini yangi o‘quv yili bilan qutladi. Bugungi kunga qadar institutda erishilgan yutuqlar va o‘zgarishlarni qayd etdi.

An’anaga ko‘ra, yangi o‘quv yilining birinchi sabog‘i “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi. “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida o‘tkazilgan ilk darslarda kelajak sari intilayotgan yoshlarga ona-yurtga muhabbat tuyg‘usi, milliy o‘zlikni anglash, eng bebaho, eng aziz ne’mat – mustaqilligimizni asrab-avaylash va qadrlash hissi har bir farzandning burchi ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining matbuot xizmati