O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Yangi yirik investitsion loyiha

21.08.2019 1317

Prezident Shavkat Mirziyoev Qorao'zak tumanidagi “Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksini qurish” investitsiya loyihasi bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 12 yanvardagi qarorida ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirish choralari belgilangan. Qarorga muvofiq “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tarkibida Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi direktsiyasi tashkil etilgan.

Ushbu konda geologik qidiruvlar natijasida 1,1 milliard tonna xomashyo rezervi borligi aniqlangan. Mutaxassislarning dastlabki hisob-kitoblariga ko'ra, yiliga 33 million tonna ruda qazilib, undan 1,5 million tonna temir olinishi mo'ljallangan. Shuningdek, mavjud rezervlar 35 yilga yetishi rejalashtirilgan. Olib borilgan tekshiruvlarga ko'ra, kondagi ruda tarkibida temir moddasi ulushi: 13,2 foiz (shundan, magnetit ulushi – 7,3 foiz) ni tashkil etadi. 

Kon-metallurgiya kompleksi yiliga 900 ming tonna armatura, 225 ming tonna sim, 375 ming tonna ugolok, shveller va boshqa materiallar ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'ladi. Bu katta miqdordagi import o'rnini to'ldirib, sanoatni barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi. Mahsulotning jami qiymati yiliga 10 trln. so'mni tashkil etadi. Bu yerda 2 mingga yaqin yangi ish o'rinlari yaratiladi. E'tiborlisi, mahsulotlarning 35 foizini eksport qilish ham rejalashtirilgan.

Loyihani ishlab ciqarish va amalga oshirishga Germaniyaning "DMT Group" va Avstriyaning "Horst Viesinger Konsulting"  korxonalari jalb etilgan. Ta'kidlash kerak, kondagi rudadan 3 ming tonna namuna Germaniyaning "SGA" ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga yuborilib, rudani boyitish va undan temir moddasini ajratib olish bo'yicha sinovlar o'tkazildi. Hududdagi mavjud rezervlarni JORK kodeksiga muvofiq baholash hamda loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqish amalga oshirilmoqda. Yuqoridagi ishlar natijasiga ko'ra, 2020 yil yanvar oyida loyihaning samarodorligi bo'yicha yakuniy xulosa tayyorlanadi.

Axborot-tahliliy media markazi