O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

“Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarining harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

20.08.2019 999


“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”AJ ma’muriyati, mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi hamda ko‘p sonli yo‘lovchilarning talab va istaklarini inobatga olib, ayni kunda haftaning juma, shanba hamda yakshanba kunlari “Тоshkent-Sаmarqand- Тоshkent” yo‘nalishida yo ‘lovchilarni o‘z manziliga yekazib qo‘yayotgan №764/763-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarining harakat jadvaliga  o‘zgartirish kiritilganligini ma’lum qiladi.

Unga ko‘ra, 2019 yil 26, 27, 28, 29 - avgust hamda 2, 3 sentabr kunlari №764/763-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarining qo‘shimcha reyslari amalga oshiriladi. Ushbu sanalarda mazkur poyezdlar soat 08:30 da Тоshkent markaziy vokzalidan, soat 17:00 da esa Sаmarqand vokzalidan harakatlanadi.

IZOH: Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi  1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.


 "O'ztemiryo'lyo'lovchi" АJ