O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Toshkent temir yo'l transporti muhandislari instituti reytingda kuchli beshlikda

12.08.2019 971

Kuni kecha mamlakatimizdagi oliy ta'lim muassalarining yangi reytingi e'lon qilindi. Unga ko'ra, Toshkent temir yo'l transporti muhandislari instituti 51,63 ball bilan ushbu jadvalning beshinchi pog'onasidan joy olgan.

O'zbekiston milliy universiteti 69,02 ball bilan yangi reytingni boshqarib kelmoqda. Undan keyingi o'rinlarni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti band etishgan. Ushbu reytingni tuzishda oliy o'quv yurtidagi ta'lim sifati, talabalarning bilim saviyasi, professor-o'qituvchilarning o'qitish tizimidagi faolliklari, ilmiy salohiyatga alohida e'tibor qaratiladi. 

Ma'lumot uchun, o'tgan yilgi ushbu reytingda Toshkent temir yo'l transporti muhandislari instituti 9 o'rinni egallagan edi. 

Axborot-tahliliy media markazi