O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Tasviriy san'at ko'rgazmasi

12.08.2019 719

Eng ulug' va eng aziz bayram Mutaqilligimizning 28 yilligi arafasida “O'zbekiston temir yo'llari” AJga qarashli Markaziy temiryo'lchilar madaniyat saroyida poytaxt ahli va mehmonlarining vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida zamonaviy rassomchilik ko'rgazmasi tashkil etildi.

Unda temiryo'lchilar, bir guruh rassomlar, OAV xodimlari va mexribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. Ko'rgazmada  Jaxongir Boboqulov, Yoqub Beknazarov, Nuriddin Rasulov, Muhiddin Risqiev singari taniqli rassomlar 30 ga yaqino'z asar na'munalari bilan ishtirok etishdi.

Tadbir 2 qismga bo'lingan holda o'tkazildi. Shu kuni ko'rgazmaga tashrif buyurganlar hozirgi zamonaviy rassomchilikning yorqin namunalari, rang tasvir va boshqa yo'nalishdagi turli hil ishlar bilan tanishishga muvofiq bo'lishdi. Shuningdek, yig'ilganlarga kulolchilik san'ati namunalari ham namoyish etildi. E'tiborlisi, zamonaviy rassomchilikka qiziqishi bo'lgan yoshlar uchun master-klasslar ham tashkil etildi. 

Ko'rgazamada taniqli rassomlar tasviriy san'atning ayniqsa zamonaviy rassomchilikning o'ziga xos xususiyatlari, o'zida yashirin ma'nolarni mujassamlashtirgan namunalarni chizish yo'nalishlari haqida ma'lumot berishdi. Tadbir dasturiga ko'ra, jajji bolajonlar uchun ko'lgil ochar uyinlari ham tashkil etildi.

Axborot-tahliliy media markazi